Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Download 306.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana15.11.2023
Hajmi306.57 Kb.
#1776675
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
o\'tkir pielonefrit

Tashxisi yuqorida sanab o‘tilgan klinik va laborator belgilarga asoslaniladi. 
Rentgenologik, radiologik va ultratovush tekshirish usullari ba’zi bir qo‘shimcha 
ma’lumotlarni beradi. 
Umumiy urogrammada ko‘pincha kasallangan tomonda bel mushaklarining 
soyasi ko‘rinmaydi, buyrakning kattalashganligi, zararlangan buyrak tomonga 
umurtqa pog‘onasining skoliozi ko‘rinadi. Ekskretor urogrammalarda kosachalar 
va jom konturining noaniqligi, buyrak o‘lchamining kattalashganligi, nafas olganda 
buyrak harakatchanligining cheklanganligi yoki yo‘qligi, zararlangan buyrakning 
funksional qobiliyati pasayganligi aniqlanadi. Ikkilamchi apostematoz pielonefritda 
rentgenologik ko‘rinishi, bundan tashqari, birlamchi kasallikning (masalan, siydik 
nayining toshida ureterogidronefroz va b.) xususiyatlarini aks ettiradi. 
Xromotsistoskopiya birlamchi apostematoz bo‘lgan bemorlarning taxminan 
yarmisida zararlangan buyrak siydik nayi og‘izchasidan indigokarmin chiqishining 
sekinlashganini yoki ajralmaganini aniqlashga imkon beradi, bu zararlangan buyrak 
funksiyasining pasayishi bilan bog‘liq. 
Ikkilamchi apostematoz pielonefrit bo‘lgan bemorlarda indigokarminning 
ajralib chiqishi hamma vaqt buziladi. Statik nefrossintigrafiyada zararlangan 


buyrakning kattalashganligi, uning po‘stloq qavatida izotopning to‘planishi diffuz–
notekis bo‘ladi. Ultratovush tekshiruvda buyrak o‘lchamlari kattalashganidan 
tashqari, ikkilamchi (obstruktiv) xarakterdagi apostematoz pielonefritda kosacha–
jom tizimining kengayganligi aniqlanadi. 
Differensial tashxisi. Apostematoz pielonefritda differensial tashxisi 
birlamchi va ikkilamchi o‘tkir pielonefritdan asosan farq qilmaydi va xuddi 
shunday kasalliklar bilan o‘tkaziladi. Gavda haroratining yuqori (39–40 
0
S gacha) 
kuchli qaltirash va ko‘p terlash bilan bo‘lishi, intoksikatsiya simptomlarining 
yaqqol ko‘rinishi, zararlangan tomonda qovurg‘a–umurtqa pog‘onasi burchagida 
keskin og‘riq, ko‘p sonda faol leykotsitlar bilan anchagina leykotsituriya,
bakteriuriya, protinuriya, zararlangan buyrak funksiyasining pasayishi va uning 
nafas olish ekskursiyasining cheklanishi apostematoz pielonefritni boshqa o‘tkir 
yallig‘lanish kasalliklaridan farq qiladi. 

Download 306.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling