Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensial tashxisi.
Tashxisi yuqorida sanab o‘tilgan klinik va laborator belgilarga asoslaniladi.
Rentgenologik, radiologik va ultratovush tekshirish usullari ba’zi bir qo‘shimcha ma’lumotlarni beradi. Umumiy urogrammada ko‘pincha kasallangan tomonda bel mushaklarining soyasi ko‘rinmaydi, buyrakning kattalashganligi, zararlangan buyrak tomonga umurtqa pog‘onasining skoliozi ko‘rinadi. Ekskretor urogrammalarda kosachalar va jom konturining noaniqligi, buyrak o‘lchamining kattalashganligi, nafas olganda buyrak harakatchanligining cheklanganligi yoki yo‘qligi, zararlangan buyrakning funksional qobiliyati pasayganligi aniqlanadi. Ikkilamchi apostematoz pielonefritda rentgenologik ko‘rinishi, bundan tashqari, birlamchi kasallikning (masalan, siydik nayining toshida ureterogidronefroz va b.) xususiyatlarini aks ettiradi. Xromotsistoskopiya birlamchi apostematoz bo‘lgan bemorlarning taxminan yarmisida zararlangan buyrak siydik nayi og‘izchasidan indigokarmin chiqishining sekinlashganini yoki ajralmaganini aniqlashga imkon beradi, bu zararlangan buyrak funksiyasining pasayishi bilan bog‘liq. Ikkilamchi apostematoz pielonefrit bo‘lgan bemorlarda indigokarminning ajralib chiqishi hamma vaqt buziladi. Statik nefrossintigrafiyada zararlangan buyrakning kattalashganligi, uning po‘stloq qavatida izotopning to‘planishi diffuz– notekis bo‘ladi. Ultratovush tekshiruvda buyrak o‘lchamlari kattalashganidan tashqari, ikkilamchi (obstruktiv) xarakterdagi apostematoz pielonefritda kosacha– jom tizimining kengayganligi aniqlanadi. Differensial tashxisi. Apostematoz pielonefritda differensial tashxisi birlamchi va ikkilamchi o‘tkir pielonefritdan asosan farq qilmaydi va xuddi shunday kasalliklar bilan o‘tkaziladi. Gavda haroratining yuqori (39–40 0 S gacha) kuchli qaltirash va ko‘p terlash bilan bo‘lishi, intoksikatsiya simptomlarining yaqqol ko‘rinishi, zararlangan tomonda qovurg‘a–umurtqa pog‘onasi burchagida keskin og‘riq, ko‘p sonda faol leykotsitlar bilan anchagina leykotsituriya, bakteriuriya, protinuriya, zararlangan buyrak funksiyasining pasayishi va uning nafas olish ekskursiyasining cheklanishi apostematoz pielonefritni boshqa o‘tkir yallig‘lanish kasalliklaridan farq qiladi. Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling