Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
Differensial tashxisi. Buyrak karbunkulining differensial tashxisida eng
ko‘p qiyinchilik siydik oqimi buzilmagan bemorlarda va yiring o‘choqi buyrakning po‘stloq qavatida joylashganda (siydik yo‘llari bilan aloqasi bo‘lmaganda) kuzatiladi. Buyrak karbunkulining klinik simptomlari antibakterial davolash fonida umumiy sust kechuvchi sepsis bilan namoyon bo‘lib, bemorning qoni ekib ko‘rilganda mikroorganizmlarning topilishi uning eng ishonchli belgisi bo‘ladi. Dinamik ssintigrafiya – buyrak karbunkulini izotopning nuqsonli to‘planishiga qarab aniqlaydi. Ekskretor urografiya yoki retrograd pielografiya yordamida aniqlanadigan zararlangan buyrakda nafas olish ekskursiyasining cheklanishi va karbunkul zonasida rentgenkontrast moddaning to‘lish nuqsoni borligi, buyrakni ultratovush bilan tekshirganda yuqorida ko‘rsatilgan o‘zgarishlar ko‘zga tashlanishi buyrak karbunkuli tashxisi uchun asos bo‘ladi. Differensial tashxisida kompyuter tomografiya (buyrak parenximasining zichligi va patologik o‘zgargan to‘qimalar farqiga qarab) hamda magnit yadroli rezonans bilan tekshirish katta yordam beradi. Davolash. Buyrak karbunkuli bo‘lgan bemorlarni juda ko‘p, hatto eng kuchli zamonaviy antibakterial preparatlar bilan ham yiringli–nekrotik o‘choqni yormasdan va drenajlamasdan turib tuzatib bo‘lmaydi. Buyrak karbunkuli bor deb tashxis qo‘yish tezlik bilan operatsiya qilish; lyumbotomiya, buyrak dekapsulyasiyasi, karbunkulni krestsimon yorish yoki kesib olib tashlash va paranefriyni drenajlashni nazarda tutadi. Buyrakka bir nechta rezina–dokali tamponlar qo‘yilib, jaroxatning orqa burchagi tikilmaydi. Buyrakdan siydik oqimi buzilganda, uni nefro– yoki pielostomiya yo‘li bilan drenajlash kerak. Operatsiyadan keyingi davrda ikkinchi sutkada tamponlar rezinali chiqargichga almashtiriladi, jaroxat nekroz to‘qimalardan tozalanguncha uzoq muddat davomida va yangi granulyasiya paydo bo‘lguncha drenajlanadi. Siydik florasi va buyrak to‘qimasi antibiotikogrammasi ma’lumotlarini hisobga olib antibakterial dorilar buyuriladi, dezintoksikatsion terapiya, davolash gimnastikasi o‘tkaziladi. Operatsiyadan keyingi davrda kuchli yiringli yoki septik zaharlanish bo‘lsa, bir qancha davolash tadbirlariga ekstrakorparal detoksikatsiya usullari (gemosorbsiya, plazmosorbsiya, plazmaferez) kiritiladi Operatsiyadan keyin bemorlar albatta uzoq muddatli (kamida 1 yil) dispanser kuzatuvida bo‘ladilar. Buyrakda karbunkul ko‘p bo‘lganda ikkinchi buyrak intakt (jarayonga aralashmagan) va uning funksiyasi yaxshi bo‘lsa, ayniqsa keksa va qari yoshdagi bemorlarga nefrektomiya qilish maqsadga muvofiqdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling