Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Download 306.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana15.11.2023
Hajmi306.57 Kb.
#1776675
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
o\'tkir pielonefrit

Prognozi. Buyrak karbunkulida prognoz ancha jiddiy: og‘ir yiringli–septik 
zaharlanish, ikkinchi buyrak zararlanishi ehtimoli bo‘lishi mumkin. Karbunkullar 
ko‘p bo‘lganda prognoz ayniqsa yomon, chunki hatto bemorning hadeganda 
tuzalmasligi ham keyinchalik sust kechuvchi surunkali pielonefrit, buyrak 
bujmayishi va arterial gipertenziya rivojlanishini inkor qilmaydi. Karbunkul bitta 
bo‘lib, buyrakdan siydik oqimi buzilmasdan paydo bo‘lgan bo‘lsa va o‘z vaqtida 
operatsiya qilinsa prognozi, odatda, yaxshi bo‘ladi. 
Buyrak abssessi. Bu kasallik o‘tkir yiringli pielonefritning juda kam 
uchraydigan shaklidir. Buyrak abssessi katta yallig‘lanish infiltrati o‘rnida 
to‘qimaning yiringli erishi natijasida o‘tkir pielonefritning asorati sifatida yoki 
apostematoz pielonefritda bir guruh yiringchalarning qo‘shilishi oqibatida yoki 
buyrak karbunkuli abssessga aylanganda hosil bo‘lishi mumkin. Buyrakda 
metastatik abssesslar kuzatiladi, ular ekstrarenal yallig‘lanish o‘choqlaridan
(destruktiv pnevmoniya, septik endokardit) infeksiya kelib tushganda paydo 
bo‘ladi. Solitar abssesslar, odatda, bir tomonda, metastatik abssesslar esa ko‘pincha 
ko‘p va ikki tomonda kuzatiladi.
Buyrak abssessining umumiy simptomlari har qanday og‘ir septik 
kasalliklarning belgilaridan farq qilmaydi: gavda haroratining yuqori bo‘lishi kuchli 
qaltirash bilan, pulsning tezlashishi, bo‘sh to‘lishi, hansirash, chanqash, umumiy 
holsizlik, bosh og‘rig‘i, skleraning sarg‘ayishi, adinamiya, eyforiya bo‘lishi bilan 
kuzatiladi. Gavda harorati sutka davomida (39–41
0
S) 1S atrofida o‘zgarib turgan 
holda yuqoriligicha saqlanib qoladi. Kasallikning tashxisida mahalliy simptomlari 
orasida buyrakda qon va limfa aylanishining buzilishi va kam taranglashuvchi 
qattiq fibroz parda bilan buyrakning shishgan to‘qimasi qisilishi natijasida paydo 
bo‘ladigan buyrak sohasidagi jadal og‘riq ahamiyatga ega. Kattalashgan va 
taranglashgan buyrakni paypaslaganda yoki bel sohasiga shappalatilganda og‘riq 
ayniqsa kuchayadi. Bel mushaklari va qorin oldi mushaklarining himoyaviy 
taranglashishi hamma vaqt yaqqol namoyon bo‘ladi. Agar abssess buyrakning 
oldingi yuzasida joylashib parietal qorin pardaga tarqalganda peritoneal simptomlar 
aniqlanishi mumkin. Ko‘pincha buyrak abssessi bo‘lgan bemorlar oyoqlarini 


qorniga yaqinlashtirib, majburiy holatni oladilar, oyoqlarini yozganlarida kasal 
bo‘lgan tomondagi bel sohasida qattiq og‘riq ro‘y beradi (reaktiv psoitning belgisi). 
Bakteriuriya va leykotsituriya odatda, kasallikning kechki muddatlarida, ya’ni 
abssess kosacha–jom tizimiga yorilganda paydo bo‘ladi. Agar buyrakning fibroz 
pardasi erib ketib abssessning ichidagi narsa paranefral kletchatkaga bo‘shasa, unda 
yiringli paranefrit vujudga keladi. Ba’zi hollarda abssess qorin bo‘shlig‘iga yoriladi. 
Buyrakning ikki tomonlama abssessida og‘ir septik intoksikatsiya, buyrak–jigar 
etishmovchiligi simptomlari ustun keladi. 

Download 306.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling