Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simptomlari va klinik kechishi.
Prognozi. Homiladorlar o‘tkir pielonefritida prognozi odatda, yaxshi bo‘ladi.
Lekin, agar homiladorlik vaqtidagi o‘tkir pielonefrit ilgari o‘tkazgan pielonefrit natijasida bo‘lsa, agar tuqqandan keyin to‘liq remissiyaga erishilmasa yoki takroriy homiladorlikda o‘tkir pielonefrit paydo bo‘lsa, surunkali pielonefrit rivojlanishi oqibatida prognozi yaxshi bo‘lmaydi. Apostematoz pielonefrit. Bu kasallik yiringli–yallig‘lanish jarayonidan iborat. Ko‘proq buyrakning po‘stlog‘ qavatida ko‘p mayda yiringchalar (apostem) hosil bo‘ladi. Apostematoz pielonefrit ko‘p hollarda ikkilamchi o‘tkir pielonefritning asorati yoki bosqichi sifatida paydo bo‘ladi va siydik oqimi buzilmaganda (birlamchi o‘tkir pielonefrit) yiringli infeksiya bilan «metastatik» zararlanishi ancha kamroq rivojlanadi, infeksiya buyrakka qon oqimi bilan boshqa a’zolardagi yiringli o‘choqlardan tushadi. Mikroorganizmlar ko‘proq kalavalarning tomirlar xalqasiga va buyrakning oxirgi tomirlariga o‘rnashadi. Bular natijasida hosil bo‘lgan bakterial tromblar tariqsimon (miliar) yiringchalar manbai hisoblanadi. Ular buyrakning po‘stloq qavatida yuzaki, shu bilan birga to‘g‘ridan–to‘g‘ri parda ostida (6.3–rasm) turadi, u erda kattaligi 1–3mm, sariqroq rangda ko‘p yiringchalar ko‘rinadi, ular bitta yoki guruh–guruh bo‘lib joylashadi. 6.3–rasm. Apostematoz pielonefrit. a – buyrakning tashqi ko‘rinishi, b – kesilgandagi buyrak. Simptomlari va klinik kechishi. Apostematoz pielonefrit uchun, uning kechishi ko‘proq siydik oqimining buzilish darajasiga bog‘liq bo‘lib, gavda haroratining yuqori gektik bo‘lishi (39–40 0 S), juda kuchli qaltirash va kuchli terlash bilan takrorlanadi, zaharlanish simptomlari (tez kuchayib boruvchi umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, ko‘ngil aynishi, qusish, skleraning sarg‘imtirligi, tilning quruq bo‘lishi, adinamiya) ning yaqqol namoyon bo‘lishi va tez rivojlanishi xosdir. Odatda qaltirash 10daq. dan 1s gacha davom etadi. Ko‘pchilik bemorlarda buyrak sanchig‘i xurujidan yoki bel sohasidagi og‘riq kuchaygandan keyin sutkada u bir necha marta takrorlanadi. Qaltirashdan birmuncha vaqt o‘tgandan keyin, gavda harorati me’yoriy va me’yorga yaqin darajagacha pasayadi, kuchli terlash kuzatiladi, bel sohasidagi og‘riq va siydik soni kamayadi. Apostematoz pielonefritda simptomlarining shunday ketma–ket bo‘lishiga, jom–buyrak reflyukslar hisobiga ko‘p sondagi mikroorganizmlarni, ularning toksinlari va yallig‘lanish jarayonining mahsulotlarini o‘zida saqlovchi yiringli siydikning vaqti–vaqti bilan jomdan qon aylanish tizimiga kirishi sabab bo‘ladi. Bu gavdaning yaqqol zaharlanishiga va bemorning ahvoli tezda yomonlashishiga olib keladi. Siydik oqimi buzilganda apostematoz pielonefrit, hatto o‘tkir pielonefrit rivojlanish paytidan 2–3 sutka o‘tgandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. Zararlangan buyrak sohasini paypaslaganda hamma vaqt bel va qorin oldi mushaklarining himoyaviy taranglashishi va juda tez–tez qovurg‘a–umurtqa burchagida keskin og‘riq aniqlanadi. Ko‘pincha kattalashgan va kuchli og‘riqli buyrak paypaslanadi. Qonda leykotsitlar soni keskin ravishda oshadi, qon formulasining chapga siljishi va leykotsitlarning zaharli donachalari aniqlanadi. Leykotsituriya kasallikning boshlanish davrida bo‘lmasligi mumkin. Bakteriuriyaning yuqori darajada bo‘lishi eng xarakterli dastlabki simptomi hisoblanadi. Keyinroq leykotsituriya faol leykotsitlar bilan paydo bo‘ladi, lekin u ko‘pincha ozgina (1 ml siydikda 25.000 gacha leykotsitlar yoki siydikning umumiy tahlilida ko‘ruv maydonida 15–20 tagacha leykotsitlar) bo‘ladi, chunki apostemoz pielonefritda asosan buyrakning po‘stloq qavati zararlanadi. Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling