Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
Etiologiyasi. Pielonefrit infeksion kasallik bo‘lishiga qaramasdan, uning
spetsifik qo‘zg‘atuvchisi yo‘q. Pielonefritning sabablari organizmda doimiy yashovchi (endogen infeksiya), shuningdek tashqi muhitdan tushuvchi (ekzogen infeksiya) mikroblar bo‘lishi mumkin. Pielonefrit bilan kasallangan bemorlar siydigidan eng ko‘p ichak tayoqchasi va ichak oldi tayoqchasi aniqlanadi hamda proteya guruhi bakteriyalari, stafilokokk, enterokokk, ko‘k yiring tayoqchasi, klebsiellalar topiladi. Mikoplazma, viruslar va zamburug‘larning etiologik ahamiyati isbotlangan. YAqinda yiringli yallig‘lanish kasalliklari (panaritsiy, mastit, furunkul, angina, pulpit, sinusit, otit va b.) ni boshidan kechirgan bemorlarning siydigidan ko‘pincha stafilokokk ajraladi. Sovqotishdan yoki me’da–ichak kasalliklaridan keyin pielonefrit paydo bo‘lgan bemorlarning siydigidan ko‘pincha ichak tayoqchasi ajraladi. Avval qovuqni kateterlash, buyraklar va siydik yo‘llarida operatsiya qilingan yoki asboblar bilan tekshirishlar o‘tkazilgandan (kasalxona mikroflorasi) keyin pielonefrit paydo bo‘lgan bemorlarning siydigida proteya guruhi bakteriyalari, ko‘k yiring tayoqchalari aniqlanadi. Pielonefrit bo‘lgan ba’zi bemorlarda mikroorganizmlar noqulay omillar (antibakterial terapiya, antibakterial antitelalar titri balandligi, siydik rN o‘zgarishi) ta’sirida o‘zining qobig‘ini yo‘qotishi sababli L–shaklga va protoplastlarga aylanishi mumkin. Bunday mikroorganizmlar oddiy oziq muhitlarda o‘smaydi, tashqi muhit ta’siriga chidamliroq. Lekin ular uchun qulay sharoit vujudga kelganda, yana tegishli vegetativ shakllarga aylanib, kasallikning qaytalanishiga sabab bo‘ladi. Protoplast shakldagi mikroorganizmlar paydo qilgan pielonefritni davolash ancha qiyin, ko‘pincha o‘tkir pielonefritni surunkaliga o‘tishiga yordam beradi. Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling