Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
Simptomlari va klinik kechishi. Birlamchi o‘tkir pielonefrit uchun uchlik
simptomlar xarakterli: gavdaning yuqori harorati, bel sohasida og‘riq, siydikda yallig‘lanish jarayoni uchun xos bo‘lgan o‘zgarishlar (leykotsituriya, bakteriuriya) Klinik ko‘rinishida umumiy va mahalliy simptomlar farq qilinadi. Birlamchi o‘tkir pielonefrit avval umumiy simptomlar: qaltirash, gavda haroratining anchagina ko‘tarilishi, ko‘p terlash va bosh og‘rig‘i (ko‘proq peshonada), mushaklarda va bo‘g‘imlarda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, umumiy holsizlik bilan namoyon bo‘ladi. Til quruq oppoq bo‘ladi. Tomir urishi tezlashadi. Bunday belgilar har xil infeksion kasalliklarda kuzatiladi, shuning uchun tashxis qo‘yishda xatolar bo‘lishi mumkin. Mahalliy simptomlar yallig‘lanish jarayoni bilan zararlangan (ya’ni bel sohasida, qovurg‘a ostida) buyrak sohasida og‘riq paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Og‘riq intensiv bo‘lishi mumkin, lekin simmillovchi va doimiy bo‘ladi, xurujsimon xususiyatga ega bo‘lmaydi. Gavda harorati kechqurinlari 39–40 o S ga ko‘tarilib, ertalab 37,5–38 o S gacha pasayadi. (6.2–rasm). Bel sohasida tukillatish simptomi musbat bo‘ladi. Agar o‘tkir pielonefrit o‘tkir sistitning asoratlari yoki qovuqda yallig‘lanish jarayoniga olib kelgan holatlar bo‘lmasa, odatda, siyish buzilmaydi. Ko‘p terlash sababli ko‘pincha siydik miqdori kamayadi. Bolalarda, ayniqsa yosh bolalarda ko‘pincha o‘tkir pielonefrit gavdaning yuqori harorati, qusish, qo‘zg‘alish, meningial simptomlar, leykotsituriya bilan namoyon bo‘ladi. Bolalarda xuddi shunday klinik ko‘rinish bir qancha boshqa infeksion yallig‘lanish kasalliklarida kuzatiladi, shuning uchun ularda o‘tkir pielonefritni kasallikning boshlanishida aniqlash ayniqsa murakkab. CHaqaloqlarda va ko‘krak yoshidagi bolalarda bunday simptomlar juda aniq namoyon bo‘ladi. Kattaroq bolalar bosh og‘rig‘i, tez–tez og‘riqli siyishdan shikoyat qiladi. Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling