Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
Davolash. Bakteriemik shokda davolash quyidagi prinsiplar bo‘yicha
o‘tkaziladi: 1) buyraklarning funksional qobiliyatini hisobga olgan holda keng doirada ta’sir qiluvchi antibiotiklar va kimyoviy antibakterial preparatlar yuqori dozada qo‘llaniladi: vena ichiga ftorxinolonlar (peflatsin, siprofloksatsin 0,4g dan kuniga 2 marta), mushak orasiga amikatsin (0,5g dan kuniga 2 marta), gentamitsin sulfat (40 mg dan kuniga 4 marta), sefalosporinlar (1g dan kuniga 4–6 marta) yuboriladi; 2) tomirlar kollapsiga qarshi vena ichiga tomchilatib gipertenziv vositalar (gidrokortizon yoki prednizolon kuniga 1000–2500 mg dan) kiritiladi. Ular vazopressor vositalar, past molekulali dekstran ta’sirini kuchaytiradi. Gematokritni hisobga olgan holda qon plazmasi, atsidoz va elektrolit buzilishlarini bartaraf qilish uchun dori–darmonlar buyuriladi; 3) antigistamin dorilar (diprazin, pipolfen) kuniga 2–3 marta 0,025 g dan ichish uchun, 2,5% li eritmasi 1–2 ml dan mushak orasiga, 0,5% li eritmasi 5–10 ml yoki 2,5% li eritmasi 2 ml dan vena ichiga, dimedrol kuniga 1–3 marta 0,03–0,0,5 g dan ichish uchun, 1% li eritmasi 1– 2 ml dan mushak orasiga yoki vena ichiga; suprastin kuniga 2–3 marta 0,025 g dan ichish uchun, 2 % li eritmasi 1–2 ml dan mushak orasiga yoki vena ichiga; geparin (5000 TB dan kuniga 3–4 marta) va boshqa antikoagulyantlar buyuriladi; 4) oksigenoterapiya o‘tkaziladi. SHunday qilib, bakteriemik shokni davolashning eng muhim joylari quyidagilar: 1) aylanib yurgan qon hajmini to‘ldirish (infuzion terapiya); 2) o‘rnini bosadigan gormonal terapiya o‘tkazish. Bakteriemik shokni oqibati yaxshi bo‘lishining zaruriy sharti dorilar bilan davolashni boshlash bilan bir vaqtning o‘zida buyrak jomini kateterlash orqali siydik oqimini tiklash, kateterni o‘tkazib bo‘lmaydigan to‘siq bo‘lganda esa nefro– yoki pielostomiya yo‘li bilan siydik oqimini tiklash (ultratovush nazorati ostida teri orqali punksiyali nefrostomiya qilish afzalroq), darhol bemorni shokdan chiqarish hisoblanadi. Gemodinamik ko‘rsatgichlar doimiy bo‘lgandan va siydik oqimi tiklangandan keyin bakteriyalar va ularning toksinlari tezda eliminatsiya bo‘lishi uchun ekstrakorporal detoksikatsiya usullaridan (gemosorbsiya, plazmoferez, plazmosorbsiya) birortasini qo‘llash mumkin. Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling