Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Download 306.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana15.11.2023
Hajmi306.57 Kb.
#1776675
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
o\'tkir pielonefrit

Tashxisi. Umumiy urogrammada umurtqa pog‘onasining zararlangan 
tomonga qiyshayganligini, bel mushaklari soyasining yo‘qligini, buyrak 
o‘lchamlarining kattalashganini aniqlash mumkin. Ekskretor urogrammada buyrak 
funksiyasining pasayishi yoki uning yo‘qligi, buyrak jomi yoki kosachalarning 
qisilishi, ularning amputatsiyasi, buyrakning nafas ekskursiyasi cheklanishi yoki 
yo‘qligi aniqlanadi. Ekskretor urografiya fonida o‘tkaziladigan kompyuter 
tomografiya buyrak parenximasida kontrast moddaning kam to‘plangan zonasini, 
atrof to‘qimaga yiringning tarqalish yo‘llarini aniqlaydi. Ultratovush tekshirishda 
exogenligi past, ichidagi narsa bir xil bo‘lgan (6.4 – rasm) yumaloq shakldagi 
hosila, buyrak atrofida suyuklik (yiring) yig‘ilganligi aniqlanadi. 


6.4

rasm. Ultrasonorgramma. Buyrak abssessi (strelka bilan ko‘rsatilgan). 
Davolash. Buyrak abssessining davosi – buyrakni dekapsulyasiya qilish, 
abssessni yorish va rezina–dokali tamponlar hamda drenaj trubkalar yordamida 
paranefriyani drenajlashdan iborat. Mabodo siydik yo‘llari to‘silib qolgan bo‘lsa, 
agar bemorning ahvoli buni bir vaqtning o‘zida qilishga imkon bersa, to‘suvchi 
omilni (masalan, siydik nayi toshini) bartaraf qilish bilan birga buyrakni drenajlash 
kerak. Aks holda siydik yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash, bemorning ahvoli 
yaxshilanishiga qarab ikki bosqichda (1,5–2 oy yoki undan ko‘proq) amalga 
oshiriladi, undan keyin nefropielostoma joyi bitib ketadi. Buyrak katta yiringli–
destruktiv zararlanganda va ikkinchi buyrakning funksiyasi qoniqarli bo‘lganda 
nefrektomiya qilinadi. 
Buyrak so‘rg‘ichlari nekrozi. Buyrak so‘rg‘ichlari nekrozining patogenezida 
(nekrotik papillit) Malpigi piramidalari qon tomirlarining mikroorganizmlar bilan
emboliyasi natijasida yoki pielonefritda ularning yallig‘lanish infiltrati bilan 
bosilishi oqibatida paydo bo‘ladigan ishemiya asosiy rol o‘ynaydi. Tajribaviy 
tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, yuqori patogenli plazmani kaogulyasiya qiluvchi 


stafilokokk ko‘pincha buyrakning miya qavatidagi qon tomirlarning total 
emboliyasiga olib kelib, buyrak so‘rg‘ichlarining nekroziga sabab bo‘ladi. 
Buyrak so‘rg‘ichlarining nekrozi odatda, surunkali pielonefritning biror bir 
xuruji vaqtida ro‘y beradi. Siydik yo‘llari ko‘chgan nekrotik to‘qimalar bilan
to‘silib qolgan hollarda, u yalpi makrogematuriya va buyrak sanchig‘i bilan
kuzatiladi. Bu pielonefrit bo‘lgan bemorlarning 3% da uchraydi. Uning 
rivojlanishiga qandli diabet, qon tomirlarning uzoq muddatli spazmi, ateroskleroz, 
shok, analgetiklarni me’yordan ko‘p qabul qilish imkon beradi. Bolalarda buyrak 
so‘rg‘ichlarining nekrozi kam uchraydi va kattalarga qaraganda engilroq kechadi. 
Nekrotik papillit buyrak so‘rg‘ichlari asosida leykotsitar infiltratsiya, keyinchalik 
uning ishemiyasi oqibatida rivojlanadi. 

Download 306.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling