Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Download 306.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana15.11.2023
Hajmi306.57 Kb.
#1776675
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
o\'tkir pielonefrit

Davolash. Apostematoz pielonefrit aniqlanganda tezda operatsiya qilish 
kerak: buyrak taftishi va dekapsulyasiya qilinadi. Agar apostematoz pielonefrit 
o‘tkir ikkilamchi pielonefritning asorati bo‘lsa, buyrakni drenajlash (nefro– yoki 
pielostomiya) qilinadi. 
Operatsiyadan keyingi davrda yiringli zaharlanish va buyraklar 
funksiyasining pasayishi sababli vena ichiga 20% li 500 ml glyukoza eritmasi (25 
TB insulin bilan), 0,9 % li 500 ml natriy xlorid eritmasi, 400 ml gemodez, 200 mg 
gacha kokarboksilaza, 1–2 ml piridoksin (vitamin V
6
), 500 mg gacha askorbin 
kislata (vitamin S) 0,06% li 0,1– 1 ml korglikon, 15 % li 50 ml mannitol, 20–60 mg 
furosemid (lazeks), 250 ml tabiiy plazma, 100 ml neokompensan, 250 ml yangi 
tayyorlangan sitratli qon buyuriladi. Kislota–asos holatini korreksiya qilish uchun, 
uning aniqlangan nazorati ostida 4–8 % 40–50 ml natriy gidrokarbonat eritmasi 
quyiladi. Kuchli yiringli intoksikatsiya bo‘lganda ekstrakorporal detoksikatsiya – 
gemosorbsiya, plazmaferez, plazmosorbsiya qo‘llaniladi. 
Keksa odamlarda (60–65 yoshdan katta) yaqqol namoyon bo‘lgan 
intoksikatsiyada, buyrak anchagina zararlanganda va ikkinchi buyrakda 
ko‘rinadigan o‘zgarish bo‘lganda ba’zan bemorning hayotini saqlash uchun 


nefrektomiya qilish maqsadga muvofiqdir. Lekin operatsiyadan keyingi yaqin 
davrda ekstrakorporal detoksikatsiya usullarini qo‘llash imkoni bo‘lganda 
ko‘rsatmasiga binoan a’zoni saqlaydigan operatsiyani ham bajarish mumkin.
Prognozi. Apostematoz pielonefritda urosepsis bilan bog‘liq yuqori o‘lim 
bo‘lishi 5–10% va keyinchalik surunkali pielonefrit rivojlanishi, ko‘pincha buyrak 
bujmayishi bilan tugallanishi va nefrogen arterial gipertenziya paydo bo‘lishi 
sababli prognozi yomon. 
Buyrak karbunkuli. Kasallik yiringli–nekrotik zararlanishdan iborat bo‘lib, 
buyrakning po‘stloq qavatida chegaralangan infiltrat hosil bo‘lishi bilan
xarakterlanadi. Buyrak karbunkuli birlamchi kasallik sifatida uzoqdagi yiring 
o‘choqidan ko‘plab bakteriyalarning kirishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin. 
Bunda buyrakning po‘stloq qavatidagi katta qon tomirida yoki bir–biriga yaqin 
joylashgan bir nechta mayda tomirlarda bakteriyalar trombi hosil bo‘ladi. Birinchi 
holatda septik infarktning katta o‘choqi, ikkinchisida esa bir nechta mayda 
o‘choqlar hosil bo‘lib, ular tezda qo‘shilib ketadi. Karbunkul yiring bilan eriganda 
buyrakning miya qavatiga o‘tishi yoki jomga yoki paranefral kletchatkaga yorilishi 
mumkin, bu yiringli paranefrit rivojlanishiga olib keladi. Agar buyrak karbunkuli 
o‘tkir pielonefritning asorati bo‘lsa, unda u katta qon tomirning gematogen septik 
trombozi natijasida ham, uning bo‘shlig‘i yallig‘lanish infiltrati bilan qisilishi 
sababli xam paydo bo‘lishi mumkin. 
Buyrak karbunkulining eng ko‘p qo‘zg‘atuvchisi tillarang va oq 
stafilokokklar, ichak tayoqchasi va proteyalar bo‘ladi. Buyrak karbunkuli va 
apostematoz pielonefrit 40 % bemorlarda birgalikda uchraydi. 
Buyrak karbunkuli yumaloq shaklda bo‘rtib turganday ko‘rinadi, kesib 
ko‘rilganda u nekrozga uchragan to‘qimalardan iborat bo‘lib, bir–biri bilan
qo‘shilib, singib ketgan ko‘p mayda yiringchalar buyrak parenximasiga ponasimon 
shaklda ichiga kirgan bo‘ladi. Karbunkulning asosi buyrakning fibroz pardasiga 
yopishib turadi, u hamma vaqt yallig‘lanish jarayoniga, qo‘shilib ketadi (perinefrit). 
Avval u infiltratsiyalanadi, qalinlashadi, buyrak yuzasiga yopishgan bo‘lib, 
keyinchalik uning yiringli erishi boshlanishi mumkin. Jarayonga ko‘pincha 


paranefral kletchatka tortiladi. Avval uning reaktiv shishi va infiltratsiyasi, 
keyinchalik esa yiringli paranefrit rivojlanadi. Karbunkul buyrakning yuqori 
segmentida joylashganda yallig‘lanish infiltrati buyrak usti beziga o‘tishi, uning 
gipofunksiya sindromini paydo qilib, reaktiv plevrit bilan kuzatilishi mumkin. 

Download 306.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling