Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
Differensial tashxisi. O‘tkir pielonefritni ko‘pincha umumiy infeksion
kasalliklar (sepsis, gripp va b.) hamda o‘tkir appenditsit va o‘tkir xoletsistit bilan differensatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Kasallikning birinchi kunlarida, ya’ni o‘tkir pielonefritning o‘ziga xos klinik simptomlari bo‘lmaganda, odatda differensial tashxisda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Kasallikni birinchi kunlarida o‘tkir pielonefritning eng muhim belgisi, leykotsituriya kuzatilmaganda bakteriuriya kuzatiladi. Buyrakda yallig‘lanish jarayoni chegaralanganda umumiy infeksion kasalliklar bilan differsial tashxisdagi qiyinchiliklar ko‘proq kechki muddatda paydo bo‘ladi, chunki qilingan antibakterial davo ta’sirida patologik jarayon sekin–asta pasayib boradi va kasallikning simptomlari yana ham noaniq bo‘ladi. Bunday hollarda o‘rtacha leykotsituriya va siydikda faol leykotsitlarning borligi pielonefritdan dalolat beradi. CHuvalchangsimon o‘simta chanoqda joylashganda o‘tkir pielonefrit va o‘tkir appenditsitni differensiatsiya qilishga zaruriyat tug‘iladi, bunda siyishning tezlashishi – pollakiuriya kuzatiladi. Lekin sekin–asta chov–yonbosh sohada og‘riq kuchayishi va qorin pardaning ta’sirlanish simptomlari o‘tkir appenditsit borligi to‘g‘risida ko‘proq guvohlik beradi. Bu kasallikda to‘g‘ri ichak orqali paypaslaganda kuchli og‘riq aniqlanadi. Odatda, chuvalchangsimon o‘simta retrotsekal joylashganda qorin pardaning ta’sirlanish simptomlari bo‘lmaydi, lekin og‘riqlar xususiyati va ularning joylashishi appenditsit uchun xosdir. O‘tkir appenditsitda o‘tkir pielonefritdan farqli o‘laroq kasallikning boshlanishida og‘riq, odatda, epigastral sohada bo‘lib, ko‘ngil aynishi, qusish bilan kuzatiladi, keyinroq og‘riq o‘ng yonbosh sohaga o‘tadi. O‘tkir appenditsitda gavda harorati sekin–asta ko‘tariladi va yuqori darajada saqlanib turadi, o‘tkir pielonefritda esa u birdan 38,5– 39 o S gacha ko‘tariladi, qaltirish va kuchli terlash kuzatiladi, ertalab esa birdan me’yordagi darajagacha pasayadi. O‘tkir pielonefrit va o‘tkir xoletsistitning differensial tashxisida shu narsani e’tiborga olish kerakki, o‘tkir xoletsistit uchun og‘riqning o‘ng qovurg‘a ostida bo‘lishi, o‘ng ko‘krak va elkaga tarqalishi, qorin pardaning ta’sirlanish simptomlari, og‘izda achchiq ta’m bo‘lishi xosdir. O‘tkir pielonefritning sanab o‘tilgan kasalliklar bilan differensial tashxisida siydikni tekshirish natijalari muhim ahamiyatga ega. Leykotsituriya, anchagina bakteriuriya va siydikda ko‘p sonda faol leykotsitlar bo‘lishi o‘tkir pielonefritning patognomik belgilari hisoblanadi. Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling