Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Download 306.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/23
Sana15.11.2023
Hajmi306.57 Kb.
#1776675
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
o\'tkir pielonefrit

Prognozi. Ikkilamchi o‘tkir pielonefritda prognoz birlamchiga qaraganda 
unchalik yaxshi emas, chunki bunday bemorlarda buyrakdagi yallig‘lanish jarayoni 
ko‘pincha surunkali shakliga o‘tadi yoki buyrakda nefrektomiya qilishni talab 
etiladigan yiringli–destruktiv o‘zgarishlar bilan asoratlanadi. O‘tkir yiringli 
pielonefritni davolashning yutug‘i, demak uning prognozi asosan buyrakdan siydik 
oqimini o‘z vaqtida tiklashga bog‘liq. 
O‘tkir homiladorlik pielonefriti ko‘p uchrashi sababli u kasallikning alohida 
shakliga ajratilgan. O‘tkir pielonefrit, odatda, homiladorlikning ikkinchi yarmida, 
ya’ni buyrak jomida bosim 2 marta ko‘tarilganda, o‘rtacha 2,5–5% hollarda
kuzatiladi. Homiladorlarda quyidagi moyillik omillari pielonefritning paydo 
bo‘lishiga sharoit yaratadi: 1) Homiladorlikning 8 haftasida allaqachon 
aniqlanadigan ko‘proq gormonal xarakterdagi (estrogenlar, progesteron va 
glyukokortikoidlarning ko‘p bo‘lishi), neyrogumaral o‘zgarishlar natijasida yuqori 
siydik yo‘llari tonusining pasayishi; 2) siydik nayini, asosan o‘ngini homilador 
bachadonning mexanik ravishda bosishi; 3) homiladorlarning 5–10% da 
asimptomatik bakteriuriya borligi. Oxirgi holat juda muhim ahamiyatga ega, chunki 
o‘tkir pielonefrit o‘rtacha 30% asimptomatik bakteriuriyasi bo‘lgan homiladorlarda 
kuzatiladi. Ularda, hatto antibakterial davolashga qaramasdan, o‘tkir pielonefrit 
siydigi steril bo‘lgan homiladorlarga qaraganda ko‘proq paydo bo‘ladi. 
Homiladorlarning o‘tkir pielonefriti ko‘pincha o‘ngda uchraydi, buni kattalashgan 
bachadonning o‘ng siydik nayini ko‘proq bosishi bilan bog‘lash mumkin. 
Bemor klinikaga tushgandan keyin buyraklardan siydik oqimi xarakterini 
aniqlash uchun tezda buyraklarni ultratovush tekshirish va xromotsistoskopiya 
qilish kerak. Bunda o‘tkir pielonefrit bo‘lgan homiladorlarda siydik oqimi 
buzilmagan bo‘lsa, bemorni sog‘lom yonboshga yotqizib krovatning oyoq qismini 
ko‘tarib, o‘tkir pielonefritning xurujini qaytarish uchun antibakterial davolashni 
o‘tkazish etarli bo‘ladi. Agar kasal bo‘lgan tomondagi siydik nayidan indigokarmin 
ajralmasa pielonefrit xurujini qaytargungacha (odatda 2–3 sutkaga) buyrak jomiga 
siydik nayi kateterini o‘rnatish yordamida siydik oqimini tiklash kerak. Ko‘pchilik 
bemorlarda antibakterial davoni drenajlash bilan birga qilinganda uning ahvolini 


anchagina yaxshilashga va pielonefrit xurujini qaytarishga erishiladi. Juda kam 
hollarda konservativ davo bu muddatda o‘tkir pielonefritning xurujini qaytarishga 
olib kelmasa va uning yiringli destruktiv shakli saqlanib tursa, unda operativ 
davolash – buyrakni nefro – yoki pielostomiya yo‘li bilan drenajlash kerak. O‘z 
vaqtida qilingan operatsiya buyrakda og‘ir yiringli jarayon rivojlanishining oldini 
oladi va nefropielostoma bor bo‘lishiga qaramasdan homiladorlik tezda me’yordagi 
tug‘ish bilan tugallanadi. Nefropielostomik drenajni tuqqandan keyin siydik 
yo‘llarining tonusi tiklangungacha (4–6 hafta) saqlash kerak. 
So‘nggi yillarda homiladorlarda pielonefrit xurujini qaytarib bo‘lmaganda 
buyrakni drenajlash uchun ultratovush nazorati ostida bajariladigan teri orqali 
punksiyali nefrostomiya muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Pielonefritning tez–tez 
ro‘y beradigan xurujida uning yiringli shaklining profilaktikasi uchun jomni oddiy 
kateterlash o‘rniga buyrakka uzoq muddatga(1–2 oy) qo‘yiladigan o‘zini ushlab 
turadigan kateter (stent) dan foydalanilmoqda. Agar siydik nayiga kateter 
kiritilganda o‘tib bo‘lmaydigan to‘siq uchrasa, uning sababini aniqlash kerak. Faqat 
shunday vaziyatda odatda siydik nayida tosh borligini aniqlash uchun umumiy 
urografiya, ko‘rsatmasiga binoan retrograd ureteropielografiya qilinadi. Agar tosh 
bor bo‘lib, uning kattaligi mustaqil ravishda chiqib ketishiga ishonch bo‘lsa hamda
u siydik nayining pastki uchdan birida joylashgan bo‘lsa va homiladorlik muddati 
katta bo‘lsa (III oylik) siydik oqimini buyrakdan teri orqali punksiyali nefrostomiya 
yordamida tiklash maqsadga muvofiqdir. Qolgan hollarda shoshilinch operativ 
davo – ureterolitotomiya qilinadi. 
Homiladorlar o‘tkir pielonefritini antibakterial davolashning o‘ziga xosligi 
ma’lum. Xomiladorlikning 1 uch oyligida tetratsiklinlarni, ular teratogen ta’sir 
ko‘rsatishi mumkinligi sababli buyurish mumkin emas. Homiladorlikda 
aminoglikozidlarning quloqqa zararli ta’siri borligi sababli buyurish o‘rinsizdir. 
Uzoq davolash uchun, tabiiy va yarim sintetik penitsillinlardan tashqari, nitrofuran 
qatoridagi preparatlar (0,05–0,1 g/ sut), homiladorlikning 18–20 haftasidan keyin 
esa nalidiks kislotasi qo‘llaniladi. Sulfanilamid dorilar chaqaloqlarda sariqlik paydo 


qilishi mumkin. SHuning uchun ularni tuqqungacha 10–14 sut ichida to‘xtatish 
kerak. 
Homiladorlarda o‘tkir pielonefritning oldini olish uchun surunkali 
pielonefritga olib keluvchi kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri davolash 
kerak. Pielonefritning birinchi subklinik belgisi – asimptomatik bakteriuriyasi 
bo‘lgan homiladorlarni majburiy davolash lozim. Homiladorlar siydigini har oyda 
kamida bir marta bakteriologik tekshirish tavsiya qilinadi. Bunda o‘tkir 
pielonefritning paydo bo‘lishi bo‘yicha xavfli guruhga ko‘p bolali, ko‘p suvli, 
homilasi katta va chanog‘i tor homiladorlar kiritiladi. Ularda pielonefritning oldini 
olish homiladorlikning II va III oyligida buyraklarni ultratovush yordamida 
tekshirib urodinamikaning klinik davrigacha bo‘lgan buzilishini, asimptomatik 
bakteriuriyani aniqlash va davolashdan iborat. 

Download 306.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling