Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


Download 306.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/23
Sana15.11.2023
Hajmi306.57 Kb.
#1776675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
o\'tkir pielonefrit

Prognozi. Agar o‘tkazilgan antibakterial davolash kasallikning turg‘un 
remissiyasiga olib kelsa, o‘tkir birlamchi pielonefritning oqibati (prognozi) yaxshi 
bo‘ladi. O‘tkir pielonefrit surunkali turiga o‘tganda va asoratlari rivojlanganda
(buyrakning surunkali etishmovchiligi, nefrogen arterial gipertenziya, siydik – tosh 
kasalligi, pionefroz) oqibati yomon bo‘ladi. 
Ikkilamchi o‘tkir pielonefrit birlamchi o‘tkir pielonefritdan mahalliy 
simptomlarining yaqqol namoyon bo‘lishi bilan farq qilib, bu kasallikka tezda aniq
tashxis qo‘yish imkonini beradi. 
Ikkilamchi o‘tkir pielonefritning eng ko‘p sababi (taxminan bemorlarning 2/3 
kismida) buyrak va siydik nayidagi tosh, siydik yo‘llarining anomaliyasi, 
xomladorlik, siydik nayi va siydik chiqarish kanalining torayishi, prostata bezining 
xavfsiz giperplaziyasi (adenoma), bolalarda esa urodinamikaning buzilishi 
(operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlar, qovuq – siydik nayi reflyuksi, siydik – 
tosh kasalligi) hisoblanadi. 
Simptomatikasi va klinik ko‘rinishi. Tosh yoki pielonefrit atakasini paydo 
qiluvchi boshqa to‘suvchi omillar bo‘lsa, ko‘pincha oldin buyrak sanchig‘ining 
o‘ziga xos xuruji ro‘y beradi. Siydikning dimlanishi va infeksiya bo‘lishi buyrakda 
birlamchi yallig‘lanish jarayoniga qaraganda o‘tkir pielonefritning klinik ko‘rinishi 
ko‘proq yaqqol namoyon bo‘lishiga olib keladi. Bemorning ahvoli tezda 
yomonlashadi: gavda harorati yuqori bo‘ladi (38–39 S), umumiy holsizlik, 
adinamiya, bosh og‘rig‘i, chanqash, og‘iz qurishi kuchayadi, qusish, eyforiya, 
taxikardiya kuzatiladi. Bel sohasidagi og‘riq doimiy shiddatli bo‘ladi. Kattalashgan 
va og‘riqli buyrak paypaslanadi. Qovurg‘a ostini paypaslaganda og‘riq keskin 


kuchayadi, bel sohasida shappilatish simptomi musbat bo‘ladi. Bel mushaklari va 
qorin oldi devori mushaklarining yaqqol himoyaviy taranglashishi kuzatiladi. 
Bolalarda ikkilamchi yiringli pielonefrit istima simptomlari bilan namoyon 
bo‘ladi: gavda harorati tezda yuqori darajaga etadi, ko‘pincha remittirlovchi 
xarakterni oladi. Aksariyat sutkaning ma’lum bir vaqtida bir kunda bir necha marta 
juda kuchli qaltirash ro‘y beradi. Qaltirashning orqasidan gavda harorati 39–41 
o

gacha ko‘tariladi, kuchli bosh og‘rig‘i, keyin esa gavda haroratining pasayishi bilan
terlash kuzatiladi. Ayniqsa kichik yoshdagi bolalar keyingi qaltirash paydo 
bo‘lgungacha adinamiya holatida yotadi. Bolalarda kattalardan farqli o‘laroq, 
kasallikning klinik ko‘rinishida birinchi o‘ringa mahalliy simptomlar emas, balki 
umumiy simptomlar chiqadi, bu esa tashxis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin. 
CHaqaloqlar va ko‘krak yoshidagi bolalar uchun noaniq ifodalangan 
meningial belgilar bilan birga kuchli giperpireksiya, chanqash, gavda vaznining 
tezda kamayishi xosdir. Siyganda og‘riq kuzatiladi. Bel sohasini paypaslaganda 
bolalar baqiradi va shifokor qo‘lini itarishga harakat qiladi. 

Download 306.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling