Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari
Download 306.57 Kb. Pdf ko'rish
|
o\'tkir pielonefrit
Tashxisi. Siydikda o‘lgan so‘rg‘ichlar topilishi, (10% xollarda kuzatiladi),
so‘rg‘ichlar va kichkina kosachalarning emirilishi, sekvestrlangan so‘rg‘ich sohasida halqasimon soyalar yoki so‘rg‘ich to‘la ko‘chmaganda to‘lish nuqsonining topilishi ko‘rinishidagi o‘ziga xos rentgenologik belgilar borligi tashxisni tasdiqlaydi. YAqqol ko‘rinib turgan gisturiya, ya’ni siydikda buyraklar oqsil to‘qimalarining ajralishi buyrak so‘rg‘ichlari nekrozining o‘ziga xos immunokimyoviy belgisi hisoblanadi. Buyrak so‘rg‘ichlari nekrozini siydikni bakteriologik tekshirish yordamida sil oqibatida paydo bo‘lgan nekrotik papillitdan differensiatsiya qilish kerak. Davolash. Buyrak so‘rg‘ichlari nekrozi bo‘lgan bemorlarni davolash o‘tkir pielonefritni davolash prinsipi singari o‘tkaziladi. Ayrim hollarda bitta buyrakda bir nechta so‘rg‘ichlar nekrozi va qon ketishi bo‘lib, uzoq muddat konservativ usullar bilan to‘xtatish imkoni bo‘lmasa va u bemor hayoti uchun xavfli bo‘lib qolsa nefrektomiya kilishga to‘g‘ri keladi. Bunday holat, odatda, buyrakning miya moddasi yalpi nekrozida paydo bo‘ladi. Bakteriemik (endotoksik) shok urologik bemorlarda yalllig‘lanish kasalliklarining eng og‘ir asoratlaridan biri bo‘lib, yuqori o‘lim (30–70 %) bilan kuzatiladi. Uni ham grammusbat, ham grammanfiy mikroorganizmlarning endostoksinlari qo‘zg‘atib, birinchi turdagiga qaraganda ikkinchi turdagi mikroblar florasida ko‘proq paydo bo‘ladi. Bakteriemik shok urosepsis namoyon bo‘lishi yoki zo‘rayishi oqibatida ro‘y beradi. Bakteriemik shok keksa yoshdagi (60 yoshdan katta), yo‘ldosh kasalliklari (qandli diabet, surunkali o‘pka–yurak etishmovchiligi, buyrakning surunkali etishmovchiligi, latent gepatopatiya) bo‘lgan bemorlarda ko‘proq kuzatiladi. Urologik bemorlarda bakteriemik shokning ko‘proq uchrashiga yordam beradigan boshqa omillarga buyraklar va siydik yo‘llari nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining keng qo‘llaniladigan antibiotiklarga va kimyoviy antibakterial preparatlarga yuqori chidamliligi va kasalxona (gospital) shtammli, ko‘pincha protey va ko‘k yiring tayoqchasiga o‘xshagan mikroorganizmlar borligi kiradi. Ko‘pincha bakteriemik shok bemorlarda buyrak va siydik – tanosil a’zolarida o‘tkazilgan operatsiyalardan keyin, ya’ni siydik oqimining buzilishi natijasida yallig‘lanish o‘choqidan mikroorganizmlar va ularning toksini umumiy qon aylanishiga kirishi uchun qulay sharoit yaratilganda paydo bo‘ladi. Siydik oqimi buzilganda katta dozada antibiotiklar kiritilishi shokka sabab bo‘luvchi anchagina miqdorda endotoksinlar ajralishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun yallig‘lanishga qarshi davo faqat siydik oqimi yaxshi ta’minlangandan keyin buyuriladi. Ayrim bemorlarda bakteriemik shok asboblar bilan urologik tekshirishlar va muolajalar (sistoskopiya, retrograd pielografiya, uretrani bujlash) o‘tkazilgandan keyin rivojlanadi, buning natijasida ularga hali immunitet ishlab chiqilmagan patogen mikroorganizmlar siydik chiqarish kanalidan qonga o‘tadi. Bakteriemik shokning patogenezi ancha murakkab. Bakteriyalar va ular toksini umumiy qon aylanishiga tushgan payt isitma va kuchli qaltirash bilan xarakterlanadi. Bakteriemik shok patogenezining eng muhim tomoni qon tomirlar devoriga endotoksinlarning to‘g‘ridan–to‘g‘ri zaharli ta’siri natijasida periferik tomirlarning kollapsi sodir bo‘ladi. Bu periferiyada qonning to‘planishiga, aylanib yurgan qon hajmining kamayishiga olib keladi. O‘ng qorinchaga quyiladigan qon hajmi kamayadi, qon aylanishining buzilishi arterial bosimning pasayishi bilan birga paydo bo‘ladi. Arterial gipotenziyaning boshqa bir muhim sababi endotoksemiya oqibatida o‘tkir buyrak usti bezi etishmovchiligi natijasida buyrak usti bezida katexolaminlar ishlab chiqarishning tezda kamayishi bo‘ladi. Endotoksemiya asab tizimi zararlanishining sababi bo‘lib, bu ham og‘ir gemodinamik buzilishlar bilan kuzatiladi. Qon mikrotsirkulyasiyasining to‘qimalar gipoksiyasi hamda, tomirlar ichi koagulyasiyasi bilan yaqqol buzilishi juda ham xosdir. Biroq, bakteriemik shokda qon aylanishining buzilishidan tashqari, nafas olish va gaz almashinuvining, koagulyasion mexanizmlar, buyraklar, jigar, me’da– ichak yo‘li va boshqa a’zolar hamda tizimlarning buzilishlari mavjud bo‘ladi. Bakteriemik shokning klinik ko‘rinishida vaqtli yoki prodromal shokning rivojlanishi va qaytarib bo‘lmaydigan bosqichlari farq qilinadi. Bakteriemik shok kechishining og‘ir – engilligi yiring o‘choqidan qonga tushgan endotoksinlar miqdori, zaharligi va biologik xususiyatlari, hamda retikuloendotelial tizim detoksikatsion funksiyasining kamayish darajasiga bog‘liq. Yiringli pielonefrit bo‘lgan bemorlarda shok eng og‘ir kechadi, chunki u buyraklar funksiyasi pasayishi fonida rivojlanadi. Bunday bemorlarda anuriya juda vaqtli boshlanadi. Bakteriemik shokning vaqtli belgilariga tana haroratining kuchli qaltirash bilan yuqori bo‘lishi, terining issiq va quruq bo‘lishi, bezovtalanish, koronar qon tomirlar etishmovchiligi bilan kuzatiladigan arterial bosimning bir oz pasayishi, me’da–ichak faoliyatining buzilishlari kiradi. Bakteriemiyaning aniqlanishi bakteriemik shokni tasdiqlovchi muhim omil hisoblanadi. Bakteriyalarni ko‘pincha bemordan isitma yuqori ko‘tarilganda va kuchli qaltirash bo‘lganda olingan qonda, tezroq esa bakteriologik usulga qaraganda fazali–kontrast mikroskopiya yordamida aniqlash mumkin. Bakteriologik shokning rivojlangan yoki shokning «borishi» bosqichi arterial bosimning past bo‘lishi, uyquchanlik, sovuq ter chiqishi, hansirash, gipovolemiya, atsidoz bilan xarakterlanadi. Bakteriemik shokning uchinchi qaytarib bo‘lmaydigan bosqichida kasallikning klinik ko‘rinishi buyrak etishmovchiligi (oliguriya)ning belgilari, yaqqol yurak–o‘pka etishmovchiligi, arterial bosimning dori–darmonlar bilan ko‘tarib bo‘lmaydigan darajada past bo‘lishi, periferik qon tomirlarining dekompensatsiyasi (terida petexial toshmalar yoki qon quyilishlar paydo bo‘lishi) belgilari bilan og‘irlashadi. Download 306.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling