2. Rossiya Federatsiyasining davlat boshqaruv shakli. Boshqaruv shakli- davlatda hokimiyatni muayyan modelga muvofiq tashkil etish. Olimlar davlat boshqaruv shaklini 3ga ajratadilar:
- Respublika boshqaruv shakli- yuqori davlat organlarining saylanish
- Monarxiya- Yakka shaxs hukmronligi
- Aralash boshqaruv shakli- ham monarxiya, ham respublika shakli. Bunda mamlakat boshida xalq tomonidan emas, balki ma’lum bir organ tomonidan saylanadigan hukmdor bo’ladi.
Rossiya davlati mavjud shakllarning uchalasini ham bosib o’tgan, ya’ni vujudga kelishida mutloq, keyinchalik konstitutsiyaviy monarxiya edi. SSSR davrida respublikaga o’zgartitildi. Hozirgi Rossiya Federatsiyasi esa aralash boshqaruv shaklidagi mamlakat. Mamlakatda barcha davlat hokimiyati 3ta tarmoqqa bo’lingan:
Qunun chiqaruvchi hokimiyat. Uning tarkibiga ikki palatali parlament kiradi;
Ijroiya hokimiyati. Hukumat boshchiligidagi davlat organlari tizimi uning tarkibiy qismi;
Sud hokimiyati. Mahalliy yurisdiksiya sudlari, Oliy va boshqa sud organlari Sud hokimiyati tarkibiga kiradi.
Davlat boshlig’i – Prezident. Uning vakolatlari ijtoiya hakimiyati vakolatlariga juda o’xshash. Mamlakatda Prezident va Parlament o’rtasida qonunchilik darajasida muvozanat o’rnatilgan. Shunungdek, Rossiya Federatsiyasida mahalliy o’zini o’zi boshqarish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Aholi mustaqil va erkin ravishda konferensiyalarda qatnashish yoki mahalliy kengashda qonunchilik tashabbusini tayyorlash imkoniga ega. Va saylangan deputatni chqirib olish uchun ovoz berishingiz va shu bilan saylov va’dalarini amalga oshiradigan shaxsni tanlashingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |