Siyosiy liderlik


psixoanalitika nazariyasi


Download 0.94 Mb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1207215
1   2   3   4
Bog'liq
Siyosiy liderlik

psixoanalitika nazariyasi tushun­tirib beradi. Uning asoschisi 3. Freyddir. Siyosiy liderlik asosida shahvoniy mayllar yotadi. Sublimatsiya, boshqa holatga o‘tish jaryonida, u ijodiy faoliyatga jumladan siyosiy liderlikka ham intilish sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘pgina kishilarda rahbarlik lavozimlarini egallash sub’ek­tiv - kompensatorlik vazifasini bajaradi. Turli xil kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, nomukamallik hissiyotini engishga yordam beradi. Muayyan psixologik ehtiyojlar siyosiy liderga bo‘ysunishga majbur etadi.
  • Siyosiy liderlikning psixoanalitik nazariyasi rivojiga Frankfurt maktabi vakillari E. Fromm va T.Adorno sezilarli hissa qo‘shdilar.Ular avtoriritarizmga moyil bo‘lgan va hokimiyatga intiluvchi shaxs tipini aniqladilar. Bunday shaxs nosog‘lom, ya’ni oilaviy nevroz holatini keltirib chiqaruvchi sharoitlarda shakllanadi. Kishi bunday sharoitlarda ularning hammasidan hukmronlik yoki bo‘ysunish munosabatlariga qochishga intiladi. Liderlik-avtoritar shaxs uchun o‘zining notekis kayfiyatlaridan holi bo‘lishga va o‘z irodasiga boshqalarni buysundirishga imkon beradigan psixologik ehtiyojdir. Boshqalar ustidan cheksiz hukmronlik qilish, bunday kishiga o‘ziga xos sarxushlik baxsh etadi. U o‘ziga xos sadizm, zo‘ravonlik shaklidir. Shu bilan bir vaqtda avtorigar shaxs mazoxistik xususiyatga ham egadir, o‘zidan zo‘rroq kuch bilan to‘qnashganda unga sajda qiladi. Boshqalarning kuchsizligi unda g‘azablanish, ularni tahqirlash kayfiyatlarini tug‘diradi.
  • Bunday xulq-atvor shakli psixologik ma’noda kuchlilikning emas, kuchsizlikning namoyon bo‘lishidir. Avtoritar shaxs hakqoniy kuchga ega bo‘lmasdan, boshqa kishilar ustidan hukmronlik qilish vositasida u kuchga ega bo‘lishga o‘zini ishontirishga harakat qiladi. Bunday shaxs irratsionaldir, mistikaga moyildir va birinchi navbatda hissiyotlar asosida fikr yuritadi, tenglik va demokratiyaga toqat qila olmaydi. Boshqa barcha kishilarni kuchli-kuchsiz munosabatlari vosita­sida idrok etadi.

  • Download 0.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling