Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot


Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish quyidagi maqsadni ko’zda tutadi


Download 313.96 Kb.
bet4/61
Sana04.11.2023
Hajmi313.96 Kb.
#1745724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org

Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish quyidagi maqsadni ko’zda tutadi:
  • bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;


  • bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash;


  • bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.



Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi” informatikani o’qitishning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

Informatika yo’nalishidagi fanning mazmunini hamda fanning muayyan maqsadini aniqlash; qo’yilgan maqsadga erishish uchun o’qitishning tashkiliy shakllari va ratsional metodlarini ishlab chiqish va ta’lim muassasasiga va o’qituvchilarga taqdim etish; informatika o’qitish vositalarini (o’quv qo’llanma, dasturiy ta’minot, texnik ta’minot) o’rganib chiqish va ulardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.



Informatika, Informatika o’qitish metodikasi fanlarining rivojlanishi yo’lidagi ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar:
Qardosh mamlakatlar olimlari: A.I. Bochkina, M.P. Lapchika, V.V. Maleva, N.Vinera, K.SHennon, Fon Neyman, A.P. Ershov, E.A. Rakitina va boshqalar.

O’zbekiston olimlari: akademiklar V.Qobulov, M.Kamilov, T.Bekmurodov, professorlar M.Ziyoxo’jaev, A.Abduqodirov, M.Aripov, U.YUldoshev, M.Begalov, dotsentlar T.Azlarov, R. Boqiev, F. Zokirova va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimida informatika yo’nalishdagi fanlar

O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga ega bo’lishi, o’ziga xos va o’ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlashi ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta ko’rib chiqish zaruratini tug’dirdi. SHu munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi Konun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko’lami va hususiyatlarini o’zida aks ettirdi.

Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g’oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog’liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub o’zgarishlar samarasi haqida gap bo’lishi ham mumkin emas. Mana shunday muammolardan biri «Informatika» yo’nalishini tashkil etuvchi «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika», «Informatika va axborot texnologiyalari» kabi kurslarni o’qitish muammosidir.


«Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko’rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o’zgarishlar sodir bo’layotgan hozirgi jarayonning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o’zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrda turibmiz. Doimo o’sib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o’z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyatiga duch kelayotgan jamiyat a’zolari, turli kasb egalari soni tobora ortib bormoqda.

Ilm o’rgаnish hаr bir musulmоn uchun fаrzdir.

Xаdis.
Hozirgi davrda real shart-sharoit shundan iboratki, O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini axborotlashgan asr ehtiyojlariga moslashtirmaslikning iloji yo’q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida e’tibor qaratilgan.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida (2001-2005 yillar) o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli adabiyotlar va ilg’or pedagogik, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish vazifasi qo’yilgan edi.

Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amal oshirishning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.


«Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish zaruratining zamini, asosi bo’lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:

  • kompyuterlar, axborot va kommunikatsion texnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir;


  • O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompyuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo’llarini izlash zarur;


  • kompyuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir, chunki u o’quv axborotlarini sifatli etkazish imkoniyatlarini kengaytiradi, fanni o’rganishga bo’lgan qiziqishni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini kengaytiradi, o’quv faoliyatini boshqarish usullarini o’zgartiradi, o’qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi va hokazo;


  • zamonaviy kompyuterlarda grafik interfeys, «do’stona» muloqot vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, umuman foydalanuvchilarga komp’yuter bilan bemalol muloqot qilish imkonini beradi;


  • kompyuter savodxonligi natijasida bolalar rivojlanib borayotgan dunyoda kelajak hayotga va moddiy farovonlikka erishishga yaxshiroq tayyor bo’lishlari mumkin;


  • zamonaviy kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama etuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.


Maktabgacha tarbiya, umumo’rta ta’lim, o’rta mahsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o’z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga mo’ljallangan «Informatika» fani pedagogikamiz uchun yangi bo’lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:


- kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kerak;
- informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o’zgarishlarni aks ettirishi kerak;
- informatika va dasturiy ta’minot bo’yicha mutaxassis bo’lmaganlarga dasturlashni o’rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;
- informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitish didaktik spiral tamoyili asosida qurilishi kerak;
- ishlab chiqilayotgan o’quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg’u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;
- shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo’naltirilganlik;
- o’qish vaqti resurslarini o’quvchilarning tafakkurini rivojlantirish, o’quv ijodiy faoliyatini tashkil etish foydasiga qayta taqsimlash.

Informatika” fanini o’qitish tizimi




Download 313.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling