Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot


-mavzu: Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari xonasini jihozlash


Download 313.96 Kb.
bet28/61
Sana04.11.2023
Hajmi313.96 Kb.
#1745724
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org

3.2.1.7-mavzu: Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari xonasini jihozlash.

Bu mavzuda siz zamonaviy informatika xonasi vazifalari va maqsadi. Zamonaviy informatika xonasini jihozlash. O‘qituvchi va o‘quvchi ish joylari. Texnika xavfsizligi talablari haqida tushunchalarga ega bo’lasiz.
Zamonaviy informatika xonasi vazifalari va maqsadi
Jamiyat taraqqiyotida har bir fanning o’z o’rni bor va har bir davrning o’ziga xos istiqbolli yo’nalishlar kasb etadi. O’zbekiston taraqqiyotining muhim sharti kadrlar tayyorlash milliy dasturida «Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va undan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi», asosiy omil, tarkibiy qism ekanligi asoslangan.

Ta’lim - insonlar faolligini belgilaydigan muhim bir tamoqqa aylanmoqda. SHuning uchun ta’lim tizimida inson faoliyati bilan bog’liq ko’pgina muammolarni hal etish zarur. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnik jarayonning o’zgarishi bilan bog’liq holda ta’lim nazariyasini yaratish, ya’ni fanni jamiyatning faol, samarali ishlab chiqarish kuchiga aylantirish orqali amalga oshirish mumkin.

Respublikamiz ta’lim-tabiya tizimidagi islohotlar ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish, uni milliy ruh bilan sug’orish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan holda yangilarini yaratish va amalda qo’llash borasida olib borilayotgan ishlar bilan bog’liqdir. Bu yo’nalishning qamrov sohasi kengayib, mazmuni takomillashib bormoqda, ya’ni u o’qitishning texnik vositalarini qo’llash, ta’limning butun jarayonini aniq reja asosida tashkil etish hamda o’quv jarayonini muvofiq tashkil etish hisobiga uni individuallashtirishni ko’zda tutadi.

Ta’lim jarayonida yuqori ta’minlangan texnologiyalar kompleksi o’zlashtirishning yuqori natijalariga olib kelishi ma’lum. Informatsion texnologiyalar o’z-o’zidan mavjud, ularning maksimal imkoniyatlaridan foydalanib, ularni o’qitish jarayoniga tatbiq qilish, ta’lim jarayoniga moslash – moslashtirilgan texnologiyani yaratishga zamin bo’ldi.

Zamonaviy kompyuterlardan farqli o’laroq, informatsion texnologiya vositalari sifatida inson sezgi a’zolariga, ya’ni analizatorlariga ta’sir qiluvchi tovush texnikasi, statik, dinamik proektsiyali texnik vositalari, o’quvchi bilimini tekshiruvchi, uni biron-bir o’quv materiali bo’yicha o’qituvchi kichik kibernetik mashinalarni keltirib o’tish mumkin.

Yuqoridagi sanab o’tilgan tovush texnikasi, statik, dinamik proektsiya, video sistemalar, o’quvchi bilimini nazorat qiluvchi qurilmalar birlashmasidan hosil qilingan avtomatlashtirilgan komplekslar ham informatsion texnologiyalar sifatida qaralib, bugungi kunda ham o’zining texnik va didaktik imkoniyatlarini saqlab qolgan holda, o’quv jarayoniga muvaffaqiyat bilan qo’llanilishi, bugungi kundagi zamonaviy kompyuterlar, informatsion texnologiyalar yordamida boshqarilishi va integratsiyalanishi mumkin.

O’quv jarayonida didaktika printsiplari asosida zamonaviy informatsion texnologiyadan foydalanishdan asosiy maqsad, o’quvchilarga o’rganilayotgan hodisalar haqida to’liq va aniq ma’lumotlar berish, o’qitishning boshqa usullari qo’llanilganda tasavvur qilinishi, ko’z oldiga keltirish qiyin bo’lgan materiallarni tushunarli bo’lishini ta’minlash va bu bilan dars samaradorligini oshirish, materiallarni o’rganishni, xotirada saklashni osonlashtirish va pirovard natijada o’quvchilarning bilim va malakalarini oshirishdan iboratdir. Bu xususda avtomatlashtirilgan va intellektual o’qitish sistemalaridan foydalanish o’quv jarayoni samaradorligini oshirishga yanada keng psixologik va didaktik imkoniyat yaratadi.

SHunday qilib, hozirgi davrda zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini iqtisodiyot, fan va ta’limning barcha sohalariga keng joriy etish, xalqaro axborot tizimlariga, shu jumladan, Internetga kirib borishni kengaytirish, yuqori malakali programmalovchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

SHunday ekan, kompterlardan oqilona foydalanmog’imiz lozim. Informatika darslarida o’quvchilarga kompyuterlardan qanday foydalanish lozimligini aytib o’tilishi lozim.
Informatika kabineti – bu umumo’rta maktablar, akademik litsey vakasb-hunar kollejlarning o’quv-tarbiyaviy qismi bo’lib, o’quv hisoblash texnikasi komplekti (O’XTK) bilan, o’quv ko’rsatish qo’llanmalari, o’quvjihozlari, mebellar va informatika kursi bo’yicha nazariy hamda amaliydarslarni o’tkazishga mo’ljallangan kabinet.
Informatika kabinetidagi darslar:
- o’quvchilarda kompyuter savodini shakllantirish,
- o’quvchilarni hisoblash texnikasini ishlab chiqarishda, proekt-konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy muassasalarda, o’quvjarayoni va boshqarishda ishlatish bilan tanishtirish,
- informatika asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilardanazariy fikrlashni rivojlantirish,
- maktabda o’quv-ta’lim jarayonini tashkil etishni va o’qitishuslublarini takomillashtirishga xizmat qilish kerak.
Informatika kabinetida quyidagilar o’tkaziladi:
- informatika darslari va hisoblash texnikasini, kinofilm,diapozitivlar, tablitsa va boshqa o’quv ko’rsatishqo’llanmalaridan foydalanib alohida umumta’lim o’quvpredmetlari,
- informatika kursi bo’yicha darsdan tashqari va fakultativdarslar,
- eksperiment darslar va amaliy mashg’ulotlar va boshq.
Informatika kabinetida psixologik, gigienik va ergonomik qulaymuhit bo’lishi kerak, u shunday tashkil etilgan bo’lishi kerakki,muvaffaqqiyatli ta’limga, aqliy rivojlantirish va o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy tarbiyalashga, informatika va fan asosidan mustahkam bilim,malaka va mahorat olishga ta’sir ko’rsatish kerak va xavfsizlik hamdasog’liqni saqlash talablarga javob bera olishi kerak.

Zamonaviy informatika xonasi — bu umumiy o’rta maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining ta’lim-tarbiyaviy bo’limidir. U "Informatika" kursi va boshka fanlar bo’yicha nazariy va amaliy, darslar va sinf darsdan tashqari mashgulotlarni, hamda fakultativ darslarni o’tish uchun o’quv hisoblash texnikasi, zamonaviy AT, o’quv-ko’rgazmali qurollar, o’quv jihozlari, mebel, orgtexnika bilan jihozlanadi.


Informatika xonasida xam psixologik, gigaenik qulay muhit yaratilishi, u muvaffaqiyatli dars berishga, o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga va g’oyaviy-siyosiy tarbiyasiga, informatika fanidan chuqur bilim, malaka va mahorat olishga yuqori darajada yordam berishi kerak va u o’qituvchi va o’quvchilarning sog’ligini saqlash va ishlash havfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Informatika xonasi asosini bir turdagi kompyuterlarning lokal (maxalliy) tarmog’iga birlashtirilgan ishchi stantsiyalar tashkil qiladi. Masofadan o’qitish va malaka oshirish shakllarini kengaytirish, internet va intranet texnologiyalaridan foydalanish hisoblash texnikasivositalari orasiga maxsus server-kompyuterniqo’yish(kiritish)ni muhim masalaga aylantiradi.
Informatika xonasida ishlash xavfsizlik qoidalari va ko’zdagi charchokni ketgazish mashqlari. Savol va vazifalar.

  1. Informatika xonasi nima? Uning asosiy funktsiya vavazifalari nima?


  2. Informatika xonasida kompyuterlarini joylashtirshning qanday turlari mavjud? Ulardan qaysi biri ko’prok ma’qul?


  3. Informatika xonasida ishlashga qo’yiladigan texnikaxavfsizligi talablarini bilasizmi? O’quvchilar bilankompyuterlarda ishlash texnika xavfsizligi bo’yicha darsniqanday tashkil etasiz?


  4. Ko’zdagi charchoqni ketgazish(ko’zni dam oldirish) fizkultmi nutkani qachon o’tkazish mumkin? Siz buni qanday tashkil etasiz?


  5. Turli mebel, kompyuter va informatsion texnikalarni o’zichiga olgan zamonaviy informatika xonasi rejasini chizing.





Download 313.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling