Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimiga kirib kelishi va rivojlanishi tarixi haqida ma’lumot


Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiena talabilari


Download 313.96 Kb.
bet30/61
Sana04.11.2023
Hajmi313.96 Kb.
#1745724
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
Bog'liq
Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org

Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiena talabilari.
Informatika fani elektr toki yordamida ishlaydigan kompyuter bilan bog’liq. Yaxshi bilamizki, elektr toki inson xayoti uchun xavflidir. Kelgusida sizning hayotingizgi va sog’lig’ingizga zarar yetmasligi, shu bilan birga qimmtbaho texnik vosita bo’lgan kompyuterning buzilib qolmasligi uchun ba’zi qoida va talablarni yodda saqlang. Ular Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya – gigiena talabilari deb ataladi.
Xavfsizlik texnikasi qoidalari
Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
- kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka)kiyimda kirish
- kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o’chirish;
- qurilmalardagi muruvvatlarni burash.
- monitorga qo’l va boshqa narsalarni tekkizish, himoya qopqoqlarini ochish;
- qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
- kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
- qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
- xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta’sir yetuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo’lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish;
- kompyuter va qurilmalar ustida turli buyumlarni qo’yish;
- kompyuterlar elektr manabaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
- qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
- ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish;
Sanitariya – gigiena talablari.
Kompyuterda ko’p ishlash, ya’ni uning oldida ko’p o’tirish insonning ko’zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. SHunga ko’ra kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.
  • O’quvchining ish joyiga tushayotgan yorug’lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va tugmalari ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi kerak.


  • Xonadagi havo xarorati o’rtacha 20- 24 gradus atrofida bo’lishi lozim.


  • 5- 9 sinf o’quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25- 30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.


  • O’quvchi kompyuterdan eng kamida 40-50 sm narida o’tirishi kerak.


  • Kompyuter xonasida o’tkazilayotgan dars jarayonida o’quvchilarga tana muskullarida va ko’zlarda zo’riqish hosil bo’lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berilishi lozim. SHu lahzalarda o’quvchilarga yengil kuy eshitish, kursda o’tirgan holda qo’l va bo’yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.


  • Mashg’ulotda qatnashayotgan o’quvchilarning soni 20 tadan oshmasligi zarur.






Download 313.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling