Umumo’rta ta’limning davlat ta’lim standartini (UO’T DTS) yaratishning muhim zaruriyati kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, milliy umumta’lim maktablarini xalqaro darajaga ko’tarish; uning keyingi funktsiyalarini qayta qurish tuzilishining negizi asosida ta’lim dasturlari va o’quv-metodik to’plamlarini yangicha sermazmun qilish; haqiqiy demokratik va ijtimoiy printsiplarda tashkiliy va boshqaruv funktsiyalarini shakllantirish talablariga asoslangan.
UO’T DTS O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning ayrim qismini izohlovchi asosiy normativ hujjatdir.
UO’T DTS tuzilish, mazmun va uning talab darajasini aniqlaydi, ta’lim, tarbiya va rivojlantirish natijalarini baholash usullarini o’rgatadi. UO’T DTS umumo’rta ta’lim talab darajasini muvozanatli, uning doimiy rivojlanishini, rivojlangan fan, madaniyat va texnikaning dunyo talabi darajasiga javob bera olishini ta’minlaydi.
UO’T DTS o’z moxiyatini umumo’rta ta’limning asosiy komponentlariga – tarkibini xosil qiluvchilar: o’quv rejasining asosi, o’quv sohasining mazmuni, bilim sifati, o’quvchilarni litsey yoki kollejlarda o’qishni davom ettirishga tayyorgarligiga qo’yiladigan minimal majburiy talablar ta’rifini ko’rsatadi.
UO’T DTS o’quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta’lim dasturlari, umumdemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o’quvchilarga shaxs sifatida qarash, o’quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta’lim maktablarining asosiy yo’nalishlarini aniqlaydi.
UO’T DTS mazmuni tuzilishiga majburiy va qo’shimcha komponentlar kiradi. O’quv reja – UO’T DTS ning markaziy darajasi. Asosiy o’quv reja umumta’lim sohasida o’quv predmetlari va ularni o’rganish uchun ketadigan vaqtini belgilaydi.