Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

43-mashq. Quyidagi fikrlarning mag‘zini chaqing. Uni misollar bilan 
tushuntiring. 
Xalq tili adabiy tilimizning ichki oziqlantiruvchi hayotbaxsh 
manbayidir. Xalq tiliga asoslangan adabiy til qotib qolgan emas, u 
o‘zgaradi, boyib boradi va takomillashadi. 
44-mashq. Matnni ko‘chiring. Badiiy til xalq tilidan qanday 
farqlanishini bilib oling. 


Manzura toliqqan bo‘lishiga qaramay tunda uxlay olmadi. Yumshoq 
o‘rin unga tikanzor kabi tuyildi. Oilasidan ilk karra uzoqroq ketgani uchun 
qalbi notinch edi. Bezovta yurak yurtidagi noxushliklarni sezib, vujudini 
beholgina titratib turardi. Shu azobdan qiynalgan Manzuraga bu shaharning 
tuni behad uzunday tuyildi. Uy isib ketib, nafas olishga arzir havo 
qolmaganday bo‘ldi. O‘rnidan turib, peshayvonga chiqadigan eshikni ochdi. 
Yuziga salqin shabada urildi, orom oldi. Тashqarida maydalab yomg‘ir 
yog‘a boshlagan, sanoqsiz chiroqlar yorug‘ida bog‘ to‘lin oy nuriga 
cho‘milganday so‘limlik kashf etgan edi, ammo bu so‘limlik uning 
kayfiyatini yaxshilashga qodir emas edi. Bu olam aro tunni bedor o‘tkazgan 
faqatgina Manzura emas. Necha ming, balki necha yuz ming, balki undan-
da ko‘p odam — xasta ham, tani sog‘ ham, podsho ham, qayg‘uli ham, 
qayg‘usiz ham... tunni bedor o‘tkazadi. Hech kim o‘sha tunning o‘zida 
qayerdadir jigarbandi ham qalb titrog‘ida ekanini bilmaydi. Ahmoq 
Manzura ham ortida eri bilan qizining tunni uyqusiz o‘tkazishganidan 
bexabar edi. 
(Т. Malik) 
 
45-mashq. Berilgan so‘zlarni siz ham davom ettiring (20—30 taga 
yetkazing). 
46-mashq. Latifalarni ko‘chiring, ularning adabiy tilga yoki xalq 
shevalari tiliga mansub ekanini izohlang.
VAJ 
Afandi xufya dorifurushlik qilayotgan ekan, xaridor yorliqqa razm solib, 
norozi ohangda debdi: 
— Voy — bu, doringiz roppa rosa uch yil burun chiqqan ekan-ku?
Afandi pinagani buzmay debdi: 
— Mayli, siz ham menga uch yil avval chiqqan puldan bera qoling. 
SHISHANING PULI 


Afandi ichkilikka ruju qo‘yganidan xotini bilan jiqqamush bo‘lar ekan. 
Bir kuni u allanimalarning sharaq-shurug‘idan uyg‘onib, erinibgina ko‘zini 
ochsa, xotini bir to‘rxalta shishalarni ko‘targancha qayergadir ketyapti. 
— Ha, xotin, saharmardonda yo‘l bo‘lsin? — debdi Afandi.
— Ichishingizning kasridan sovunga pul qolmabdi, ordona qolsin. 
— Rahmat demaysanmi, nomard xotin. Men ichib shishalarni 
bo‘shatmaganimda sovunga pulni qayerdan topar eding. 
MAHLUQO 
Do‘stlari Afandidan so‘rashibdi: 
— Mulla Nasriddin, yangamni nima deb chaqirasiz?
— Mahluqo, — deb kerilibdi Afandi.
— Qoyil! — xitob qilishibdi suhbatdoshlari. Shunda Afandi sekingina 
qo‘shib qo‘yibdi: 
— Jahlim chiqqanda, oxirgi harfini tashlab chaqiraman.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling