Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
KIRISH Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi o‘zbek tilining tovush tizimi, morfemikasi hamda tinish belgilarining ishlatilishi yuzasidan o‘rta umumiy ta’limda olgan bilimlaringizni chuqurlashtirdingiz. Fonema va morfemaning nutq jarayonida xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishining guvohi bo‘ldingiz. Sizda tinish belgilarining ishlatilish o‘rinlari haqida muayyan bilim va ko‘nikmalar hosil qilindi. 2-bosqichda hozirgi o‘zbek adabiy tilining leksik tizimi, so‘zlarning mazmuniy tuzilishi, ularning bir ma’noliligi va ko‘p ma’noliligi, ko‘chma ma’nolar va ularning paydo bo‘lish yo‘llari bilan tanishasiz. Ma’lumki, til hodisalari nutqda voqe bo‘ladi. Har bir xalq asrlar davomida o‘z tili ustida ishlab, sayqallashtirib, uni go‘zallashtirib boradi. Xalqning ijtimoiy hayotida ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar uning tilida, birinchi galda, lug‘at jamg‘armasida o‘z aksini topib boradi. Shu ma’noda so‘z va uning xususiyatlari haqida ma’lum bir tushunchalarga ega bo‘lish, nutqda so‘zlardan o‘rinli foydalana olish jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi sanalgan Siz — yoshlar uchun nihoyatda muhim sanaladi. O‘zbekiston Respublikasining «Тa’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalarining o‘z fikrlarini yozma va og‘zaki ravishda emin-erkin bayon qila olishlari lozimligi qayta-qayta ta’kidlangan. Shunga asoslangan holda 2-bosqichda o‘zbek tili leksikologiyasi, lug‘atshunosligi, til uslublari, so‘z turkumlari va ularning xususiyatlari bilan tanishasiz. Asosiy maqsad — Sizlarni nuktadon, hozirjavob, so‘zga chechan avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Тil olamiga xush kelibsiz, aziz talaba yoshlar! 1-dars. O‘ТILGANLARNI ТAKRORLASH Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling