Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Uyga topshiriq. Ona tili fanining fonetika, morfemika, mor- 
fologiya bo‘limi bo‘yicha boshqotirma tayyorlang. 
 
20-mashq. «Dilxiroj», «Shashmaqom», «Lazgi», «Ushshoq» kabi 
mumtoz kuylardan namunalar eshitib, ular asosida gaplar tuzing. Тuzgan 


matningiz ichida eng ko‘p qo‘llangan faol so‘z yasovchi qo‘shimchalarni 
ajratib, ularni izohlang. 
 
21-mashq. So‘zlarning qanday yasalganligini aniqlang. 
Sog‘lomlashtirish, zamondosh, ishbilarmon, ko‘kardi, hamfikr, 
oltingugurt, salmoqdor, Oqqo‘rg‘on, Soyguzar, mashaqqatli, tarjimon, 
yetimparvarlik, xo‘randa, hurfikr, muxtoriyat, aqllilik, zardo‘zlik, 
insoniylik, saxovatpesha, foydalanmoqda, tekislash, tetapoya, jilovkorlar, 
sug‘urtalash, texnologiya, dolzarb, oqilona, oromijon. 
Тayanch tushunchalar 
o‘zak, qo‘shimcha, so‘z yasovchi qo‘shimcha, so‘z shakli yasovchi 
qo‘shimcha, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha, old qo‘shimcha. 
1.3. SO‘Z ТURKUMLARINI ТAKRORLASH,
ESGA OLISH 
22-mashq. Qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan sifat yasash mahsuldor 
usul sanaladi. Shunga asoslangan holda quyidagi qo‘shimchalar yordamida 
so‘zlar hosil qiling: 
— ma, — dor, ser — , ba — , be — , — mand, — kor, — siz, — chak, 
— chan, — choq, — chiq, — qoq, — agon, — man, — ildoq, — namo, bad 
— , — don, — bop, — chil, xush — , — kash... 
23-mashq. Uyga topshiriq. Ko‘chiring. Matndagi so‘zlarni bir-biridan 
vertikal chiziq bilan ajratib, ustiga qaysi so‘z turkumiga oidligini yozib 
qo‘ying. 
O‘ZBEKISТON 
Bolalarimga, nevaralarimga razm solaman. Ular boshqacha fikrlaydigan 
kishilar bo‘lib o‘smoqdalar. Men yangi asrda o‘zbekistonlik har bir 
fuqaroning xonadoni obod va farovon bo‘lishini, har bir kishi o‘z ishi, 
umridan rozi bo‘lib yashashini istayman. 
Olimlarimiz, adiblarimiz eng nufuzli xalqaro mukofotlar sohibi 
bo‘lsalar, sportchilarimiz shoda-shoda medallar olsalar, Osiyo o‘yinlari, 
olimpiada o‘yinlari bizning vatanimizda o‘tsa — bu mening orzuyim. 


Inshoolloh, shunday bo‘ladi ham. Yangi asr chin ma’noda hamkorlik, o‘zaro 
raqobat va ayni vaqtda o‘zaro kelishuvlar asri bo‘lajak. 
Bunda nafaqat ishbilarmonlik, aqliy salohiyat kuchini ko‘rsatadi, balki 
ma’naviy komillik ham zarur bo‘ladi. Тaraqqiyot inson qo‘li bilan bo‘lar 
ekan, jamiyat sog‘lomligi taraqqiyot kafolati ekan, mehr-oqibat, muruvvat 
va saxovatning ko‘proq qalblardan joy olishini, «Mening yaxshi yashashim 
boshqalarning ham yaxshi yashashiga xalaqit bermasin, aksincha, yordam 
bersin» degan tamoyilning tantana qilishini, dunyo xalqlari o‘zbeklarni 
ko‘rganda: «Bulardan ko‘ra ahil xalq yo‘q!» degan bahoni berishini, 
ishimizga, yashashimizga xalaqit berayotgan hasad, hirs, ko‘ra olmaslik 
illatlarining tobora kamayib borishini xohlardim. 
Inshoolloh, shunday bo‘lajak...  
(N. Komilov) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling