Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
11-mashq. She’riy matnni daftaringizga ko‘chiring, bo‘g‘inlarning 
turlarini aniqlab, ochiq bo‘g‘inning ostiga bir, yopiq bo‘g‘inning tagiga ikki 
chiziq chizing. Urg‘ularini ham aniqlang.
Aytilmagan bir qo‘shiqsan,
Jayxundirsan, Sayxundirsan,
Sen-da Sug‘dsan, Sen-da Shoshsan,
Ko‘hna Тuron — ona tilim.
Jaloliddin Manguberdi, 
«Yurtim» dedi, «tilim» dedi.
Chingizxon ham ming havasda:
«Shunday bo‘lsa o‘g‘lim», dedi!
Sug‘d yozuvi, o‘z yozuvim,
Тurkiy tilim, o‘zbek tilim. 
 


12-mashq. «Amir Тemur o‘gitlari» mavzusida hikoyacha tuzing. Unda 
so‘zlar tarkibida kelayotgan undosh tovushlarga diqqat qiling. 
 
13-mashq. Darsga bir dona maysa olib keling. Uni ta’rif-u tavsif etib 
matn tuzing. Matn ichida kelayotgan unli va undosh tovushlarga, ularning 
ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling. Matn mazmunini yoritishda sizga 
quyidagi parcha yordam beradi: 
Zilday zamin darz ketibdi,
Qilday maysa dastidan... 
 (Т. Sodiqova)  
 
Тayanch tushunchalar 
fonetika, tovush, unli tovush, undosh tovush, jarangli undosh tovush, 
jarangsiz undosh tovush, sirg‘aluvchi tovush, portlovchi tovush, sonor 
tovush, yon tovush, titroq tovush. 
1.2. MORFEMIKA 
14-mashq. Quyidagi qo‘shimchalarni daftaringizga ko‘chirib yozing, 
ularni so‘zlarga qo‘shing. Qo‘shimchalarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi 
variantlarini ham ayting: 
— ko‘r, — g‘il, — gil, — qil, — ing, — ung, — yin, — ayin, — ay, — 
y, — mak. 
Namuna: qilg‘il (qilgil) 
Bori elg‘a yaxshilig‘ qilg‘ilki mundin yaxshi yo‘q,
Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘. 
(Bobur)  
 
15-mashq. Berilgan so‘zlarni morfemalarga ajratib, tahlil qiling. 


Fazilatlari, o‘qiganimda, barqarorlik, vatandoshimiz, faxrlanishga, 
qiyofasini, sog‘inchning, g‘ururlanishdi, avaylaylik, asrandi, dog‘lab, 
kuchaytirdi. 
Namuna: barakasini baraka o‘zak, -si egalik qo‘shimchasi. III 
shaxs, birlikni ifodalovchi qo‘shimcha, -ni tushum kelishigi 
qo‘shimchasi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling