Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


-mashq. «Bugungi harakat — ertangi barakat» mavzusida ijodiy  insho yozing


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

16-mashq. «Bugungi harakat — ertangi barakat» mavzusida ijodiy 
insho yozing. 
 
17-mashq. Gaplarni yozing va qora harflar bilan yozilgan so‘zlarni 
tarkibga ajrating. 
1. Biz hech kimdan kam emasmiz, agar bahamjihat bo‘lib, aql-
zakovatimizni to‘la ishga solib mehnat qilsak, albatta, eng taraqqiy etgan 
mamlakatlarga yetib olamiz. 
2. Тarixga «Kompyuter asri» nomi bilan kirgan ushbu asr nafaqat 
bizning O‘zbekistonda, balki butun jahonda o‘chmas iz qoldiradi. 
3. Ey odam farzandlari, umrlaringizni tavba va yaxshi amal bilan 
bezanglar, boshqalarga yomonlik qilishdan o‘zingizni saqlanglar. 
4. Dunyo yaralibdiki, eng ezgu qadriyatlar, urf-odatlar, milliy iftixor 
tuyg‘ulari millatlarni asrlar davomida ma’naviy kamol toptirib, aqliy 
salohiyatini uyg‘otib keladi. (M. Mirzo) 
5. Ilmga tashnalik, til bilish, bilim olishga ishtiyoq, hayotni 
yaxshilashga jaddu jahd meni xursand qiladi. 
6. Istiqlol bergan eng buyuk ne’mat o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va 
oriyatni tiklash bo‘ldi. (Gazetadan) 
18-mashq. Ko‘chiring, asos va so‘z yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. 
Millatlarning o‘z milliy qadriyatlariga e’zozi, hurmati va sadoqati 
qanchalar ulug‘ bo‘lsa, ularning jahonda tutgan o‘rni, nufuzi ham 
shunchalar yuksak bo‘lib borar ekan. 
Shunisi quvonchliki, dunyoga o‘z ezgu-qadriyatlari bilan mashhur 
bo‘lgan xalqlar ichida biz Vatan deb e’zozlayotgan shu qadim yurtning, 
ajdodlarimizning ham o‘z o‘rni bor. Ayni paytda, o‘z qadriyatlarimizning 
umuminsoniy jihatlaridan faxrlanish bilan birga, o‘zga millatlarning 
betakror urf-odatlariga hurmat bilan qaraymiz. 


Men yoshligimdan hindlarning mehmon kelganda, nikoh va boshqa 
marosimlarda qadrdonlari bo‘yniga gulchambar taqishlaridan ta’sirlanaman. 
Yana hindlarning ota-onasi bilan ko‘rishayotganda egilib xokiрoyini ko‘zga
surtishlari, hatto hind ayollarining turmush o‘rtog‘iga nisbatan shunday 
hurmati ham men uchun nihoyatda go‘zal va betakror bo‘lib tuyuladi.
Yaponlar-chi, rahbarmi, oddiy ishchimi, ayolmi yoki erkakmi, bir-birlari 
bilan duch kelganda nim tabassumda egilib salomlashadi. 
Butun dunyodagi juda ko‘p xalqlar biz — o‘zbeklarning ota-onaga, 
ustozga bo‘lgan hurmatimiz, nonga nisbatan e’zozimiz, marhumlar ruhiga 
bo‘lgan e’tiborimiz, tug‘ilib o‘sgan makon — Ona yurtga mehr-
muhabbatimiz, duoni qadrlashimiz, mahalla-ko‘ydagi oqibatimiz, ibo, hayo, 
sadoqat, or-nomusni joyiga qo‘yishimizga havas bilan qarashadi, tan 
berishadi. 
(M. Mirzo) 
19-mashq. Matnni o‘qing, o‘zbek tilining rivojiga munosib hissa 
qo‘shgan qanday tilshunos olimlarni bilasiz, ular haqida so‘zlab bering. 
ALIBEK RUSТAMOV 
(1931) 
Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1968), O‘zbekiston Fanlar 
akademiyasining akademigi Alibek Rustamov (1995) o‘zbek tili tarixi, 
tilning badiiy-estetik vazifasi, tilshunoslikning umumiy masalalari bo‘yicha 
bir qancha asarlar yaratdi. Xususan, «Navoiyning badiiy mahorati» (1979), 
«Qofiya nima?» (1975), «Mahmud Zamahshariy» (1971), akademik 
G‘anijon Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Alisher Navoiy 
asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida qimmatga ega. 
Akademik Alibek Rustamov oliy o‘quv yurtlarida filologiya ta’limini 
yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, G‘anijon 
Abdurahmonov bilan hamkorlikda yozgan «Qadimgi turkiy til» (1982) 
o‘quv qo‘llanmasi qadimgi turkiy manbalarni o‘qish va ularni tahlil etish 
bo‘yicha talabalarning doimiy hamrohiga aylanib qoldi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling