Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

4-mashq. Quyidagi talaffuzi yaqin so‘zlar (paronimlar) orqali 
ifodalangan ma’nolarni tushuntiring.
JAYRON-JIYRON
Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh. (A. Oriрov)  
Jiyron tog‘dan tog‘ga o‘tib, qayerga borishini bilmasdi.
SODA-SODDA 
Soda tabobat va kulinariyada ishlatiladigan bikarbonatdir. 
Suvga soda qo‘shib, chayib yuborishni unutmang. Sodda — sofdil, jo‘n, 
oddiy. 
Sodda, yoqimli liboslar o‘ziga yarashib turgan qizlar tabassum bilan 
qarab turardi. (Gazetadan
5-mashq. So‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qilayotgan fonemalarni 
aniqlab, shu so‘zlarning ma’nosini izohlang va misollar keltiring. 
Siqim — sig‘im, sirop — serob, sudxo‘r — sutxo‘r, soliq — solih, 
so‘kmoq — suqmoq, tang — tong, uzuk — uzik, urish — urush, undash — 
undosh, ana — ona. 
6-mashq. Savollarga javob bering.


1. Тil va nutqning farqini ayting.
2. Тovush va ovozning o‘xshash va farqli tomonlarini tushuntirib bering. 
3. Har bir nutq organi qanday vazifa bajaradi, ta’rif bering. 
4. Nima uchun nutq organlari faol va passiv deb ataladi? 
5. Undoshlarning hosil bo‘lish o‘rni deganda nimalarni tushunasiz.
6. Fonema nima? 
7. Siz o‘rganayotgan tillarda unlilar miqdori qanday, o‘xshash va farqli 
tomonlarini ayting. 
8. «Yoshlarga berilgan imkoniyatlar» mavzusida matn tuzing, matnda 
ishlatilgan ayrim unli va undoshlarga tavsif bering. 
7-mashq. Matnni o‘qing, undosh tovushlarni aniqlab, ularni quyida 
berilgan guruhlar bo‘yicha ajrating. 
1. Bolalikda quyosh sekin chiqayotgandek bo‘laveradi. Keksalikda 
quyosh tez botayotgandek bo‘laveradi. 
2. It tumshug‘ini suqqani bilan daryo harom bo‘lib qolmaydi. Nomard 
tosh otgani bilan tog‘ qulab tushmaydi. 
3. Vijdonli inson uchun «Shu mening mushkulimni oson qilarmikin» deb 
birovning ko‘ziga termilishdan ortiq azob yo‘q.
(O‘. Hoshimov)  
1. Paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
a) lab undoshlari;
b) til yoki til-tish undoshlari;
d) bo‘g‘iz undoshlari. 
2. Aytilish usuliga ko‘ra:
a) portlovchilar;
b) sirg‘aluvchilar.
3. Тovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra:
a) jarangli undoshlar;
b) jarangsiz undoshlar.
4. Ovozning ishtirokiga ko‘ra:
a) sonorlar;
b) shovqinlilar. 


5. Тarkibiga ko‘ra: 
a) sof undoshlar
b) qorishiq undoshlar. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling