Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

24-mashq. Gaplarni o‘qing, so‘ngra undagi olmosh so‘z turkumiga oid 
so‘zlarni topib ko‘chiring va ularga tasnif bering. 
Inson — butun bir olam, faqat unda asosiy tuyg‘u oliyjanoblik bo‘lsa 
bas. (F. M. Dostoyevskiy) Ezgulik insonning ma’naviy olamidagi quyoshdir 
(G. Тoro) Har narsaga qarshi turish mumkin, lekin saxovatga qarshi turib 
bo‘lmaydi. (J. J. Russo) Men ezgulikdan boshqa biron-bir afzallikni 
bilmayman. (L. Betxoven) 
Bir g‘aribning ko‘nglini shod aylasang,
Yo‘l bosib Ka’ba sari bormoq abas.
(Huvaydo) 
25-mashq. Gaplarni fonetik, morfologik va so‘z tarkibi bo‘yicha og‘zaki 
tahlil qiling. 
Bizni ona yanglig‘ oq yuvib, oq taragan Vatanni sevmoq bu muqaddas 
burchdir. (M. A. Sholoxov) Vatandan tashqarida baxt yo‘q, har kim jonajon 
yerida ildiz otsin. (I. S. Тurgenev) Bizga ota-onalar, bolalar, xesh-u 
aqrabolar qimmatlidir, lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz 
«Vatan» otli so‘zda mujassamlashgan. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, axir, 
qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan. (Siseron
26-mashq. O‘qing. So‘zlarni turkumlarga guruhlab daftaringizga 
ko‘chiring. 


1. Bir narsaga so‘z berdingmi, uni, albatta, bajar. So‘zda turish imon 
alomatidir. Buni yaxshi bilib ol. 2. Yolg‘onchining muruvvati bo‘lmaydi. U 
har insonga zahar sochadi. Yolg‘onchiga ishonma, so‘ziga aldanma. 3. Biror 
narsa haqida faqat imonlilar bilan maslahatlash. Bu maslahat seni faqat 
yaxshilikka erishtiradi. 4. Intiqom olgan yaxshi odam emas. Yaxshi odam 
intiqom olmaydi. 5. Qadringni bilganing sayin imonli bo‘lasan, qadringni 
bilmasang, sharmanda bo‘lasan. 6. Dunyoda vaqt juda qimmatlidir. 
Vaqtning qadrini bil. Ne yoziqki, ko‘p odamlar buning qadriga yetmaydilar. 
7. Ishlagan kishi vaqt qiymatini, dangasalar esa vaqtlarining qiymatini 
bilmaydilar, o‘zlarini yomonliklardan qutqara olmaydilar. 8. Xayrli ishni 
niyat qilgan vaqtingda uning mevasiga shoshilma, toki hoy-u havasning 
shaytoni seni yengmasin. 
(M. Kamol) 
 
27-mashq. O‘qing. Matn ichidan ot, olmosh, fe’l so‘z turkumiga oid 
so‘zlarni toping. 
KIBRDAN SAQLANING 
Mutakabbirlik qilish hech bir mo‘min bandaga hargiz durust ham, joiz 
ham ermas. «Men falonchidan kammanmi? U kim bo‘lib qolibdi?» 
deguvchilar eslasinlarki, Iblis Odam alayhissalomga sajda qilishdan bosh 
tortib: «Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilurmanmi?» dedi. («Isro» 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling