Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Savol va topshiriqlar
1. Adabiy til nima va u xalq shevalaridan nimasi bilan farq qiladi? 2. Xalq shevalari deganda nimani tushunasiz va uning adabiy til bilan aloqasi qanday? 3. Siz mansub bo‘lgan shevaning adabiy tildan farq qiladigan tomonlarini ayting. 29-mashq. O‘z shevangizga xos so‘zlashuv uslubining belgilarini adabiy til me’yorlari bilan qiyoslang va farqlarini tushuntiring. 30-mashq. Quyidagi chizmani ko‘chiring. Ilova qilingan so‘zlarni o‘qib, ularni orfografiya qoidalariga rioya qilgan holda namunada ko‘rsatilganidek chizmani to‘ldiring. N a m u n a Ishga, tog‘ga, tikkan, ketgach, aeroport, tushunmoq, kompaniya, fikr, monolog, qutildi, ko‘m-ko‘k, o‘qibdi, so‘roq, sana, angla, terakka. 31-mashq. Eski adabiy tilda yozilgan baytlarni hozirgi adabiy tilga aylantiring. So‘z guharig‘a erur anga sharaf, Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf. Тil bu chamanning varaqi lolasi, So‘z dururidin bo‘lubon jolasi. So‘zdin o‘likning tanida ruhi pok, Ruh dog‘i tan aro so‘zdin halok. Тurguzub o‘lgani kalomi fasih, O‘zig‘a «jonbaxsh» laqab deb Masih. Тengriki, insonni qilib ganji roz, So‘z bila hayvondin anga imtiyoz. G‘uncha og‘izliq, sanami no‘shlab, So‘zdin agar aylasa, xomush lab. Donayi dur so‘zini afsona bil, So‘zni jahon bag‘rida durdona bil. («Hayrat ul-abror»dan) 32-mashq. Matnlardan keltirilgan parchalarni o‘qing. Shevaga xos so‘zlarda, adabiy tildan chekinish bo‘lgan holatni topib, ularning o‘rniga adabiy tildagi muqobilini qo‘ying. Shevaga xos so‘zlarning qaysi jihatdan farqlanishini izohlang. 1. — Xo‘p, — dedi Saidiy bir kecha Yo‘lchiboyga, — yerni oldingiz, peshonangizdan chorakorchilikni o‘chirdingiz, bordi-yu, zamon teskari bo‘lib ketsa nima bo‘ladi? — Oq poshsho kelsa deysizmi? — Bari bir-da... Boyni yomon ko‘radigan hukumat bilan, albatta, boyni yaxshi ko‘radigan poshsho urishadi. 2. Menikini ham olarmishsizlar, deb eshitdim. Agar oladigan bo‘lsanglar, javur, ukalar... Hukumat kambag‘alparvar bo‘lsa, men boy emas... 3. Saidiy hovlining sahniga burildi, dimog‘iga zirvak hidi keldi. 4. Domla qizini Saidiy tomon yo‘lladi. — So‘rash, o‘rischa, znakom bo‘linglar... 5. Necha kundan beri kirib, ko‘r deyman, bu bevosh uyalaman, deb hech kirmaydi. 6. Yoqubjon javob bermay, qo‘lidagi o‘zi tergan bir necha satrni nabordan ottisk olish uchun press yoniga keldi. U qaytib kelib izoh bermoqchi edi, ammo metrenpaj ruxsatsiz harf terish mumkin emasligini aytib, ottisk olgani qo‘ymaganidan keyin, vyorstka tamom bo‘lguncha indamay, tergan naborini tarqatish bilan ovora bo‘ldi. 7. — Bu yashshamay o‘lgurning o‘zi yomon, — dedi opasi, mushtini yerga qadab, — sen bilan orani buzishga buzib boshiga ish tushgandan keyin biram o‘tirgani joy topolmay yurdiki... (A. Qahhor) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling