Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

surasi, 61-oyat) 
Yana aytdi: «Men undan yaxshiroqdurman». («Sod» surasi, 76-oyat) 
Endi agar suratda tavozelik qilib yurganlar bo‘lsa, o‘z ibodatlaridan 
g‘ururlanib, ko‘ngillarida o‘zlarini boshqa gunohkor bandalardan yuqori 
qo‘ymasun. O‘zining gunohlarini eslasun. Har bir odamni ko‘rganda shu 
odam avliyomikin deb o‘ylash lozimligini aytganlar o‘tmish ajdodlarimiz. 
«Nega Xudoyim falonchini qilgan gunohlari uchun azoblamas ekan?» 
deguvchilar va boshqalarni past ko‘rguvchilarga ushbu hikoyat ibrat bo‘lsin. 
Shayx Hasan Basriy rahmatullohu alayhi daryo bo‘ylab kelayotir erdilar. 
Sohilda bir erkak bir xotun birla sharob ichib o‘lturg‘onini ko‘rdilar. 
Shayxning ko‘ziga bul ish makruh, ya’ni xunuk bo‘lib ko‘rindi: «Bular 
nechuk bandalarki, erkak birla xotun kishi sharob ichib o‘ltirg‘ay?» deb 
o‘zini alardin baland ko‘rdi. Shu paytda daryoda bir kema g‘arq bo‘ldi. 


Kemadagilar: «Ey, Xudoning bandasi!» deb nido qildilar, ya’niki madad 
so‘radilar. Sharob ichguvchi kishi o‘zini daryog‘a tashlab kemadagilarni 
mollari birla olib chiqdi, magar bir kishi qolib ketdi. Sharob ichg‘on kishi 
Hasan Basriyning qoshig‘a kelib «Ul kishi senga qoldi» dedi. Shayx 
daryog‘a qadam qo‘ydi ersa suvg‘a botub ketdi, holo ilgari suvning ustida 
xuddi quruqliqdagi kabi yurib, hatto namoz ham o‘qig‘on erdi. Qo‘rqib 
daryodan chiqdi. Boyagi kishi yana daryog‘a tushib qolgan odamni ham 
qutqardi. 
So‘ngra shayxga kelib aytdi: «Ey Hasan Basriy, bir martaba o‘zingni 
birovdan baland tutganing sababli daryog‘a botding, bundan so‘ng hargiz 
bundog‘ ish qilmag‘il. Ul ayol mening onam bo‘ladi. Seni sinamoq uchun 
onamni nomahram ko‘rsatib qo‘ydim. Ichg‘onimiz sut erdiki, sening 
ko‘zingga sharob qilib ko‘rsatdim». 
 
28-mashq. She’rni badiiy o‘qish san’atiga rioya qilgan holda o‘qing, 
so‘ngra sifat turkumiga oid so‘zlarni topib, alohida yozib chiqing.
SEN MILLAТNING MULKISAN
So‘zi qudratli, sirli,
Ham go‘zal, ham sehrli,
Go‘yoki tirik jondek,
Muhabbatli, mehrli,
Go‘zal, janona tilim,
Asl, durdona tilim.
Dilimiz tarjimoni,
Fikrimiz jism-u joni
So‘zlar bo‘lsak so‘zimiz,
Xaloskori, posboni,
Ona til, ona tilim,
Asl, durdona tilim.
Sen millatning mulkisan,
Chiroyisan, ko‘rkisan,
Fe’l-atvori, ruhini, 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling