Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

8-mashq. «Mafkura — millat tug‘i», «Al-Xorazmiy», «Abu Ali ibn 
Sino» yoki shunga o‘xshash millatimiz daholari haqida matn tuzing. Unda 
ishlatilgan so‘zlarni tubandagi jadvalga ko‘chirib yozing. O‘zbek allomalari 
haqida savol-javob uyushtiring. 
9-mashq. Berilgan matnni quyidagicha tahlil qiling. 
a) orfoepik me’yor asosida o‘qib, magnitofon lentasiga yozib oling va 
eshiting. Matndagi adabiy talaffuzdan chekinishga yo‘l qo‘yilgan o‘rinlarni 
aniqlang, daftaringizga ko‘chiring va izohlang
b) yoddosh undoshlarni aniqlab, talaffuzini izohlang; 
d) matndagi ayrim so‘zlarning umumiy talaffuzida hozirgi adabiy til 
me’yoridan chekinishlar borligani aniqlang. 
Yoshi ellikdan oshibdi. Qanchadan qancha narsalarni ko‘ribdi. Qiziq. 
Nimalarni ko‘rdi? O‘ylab qarasa, hech nimani ko‘rmaganga o‘xshaydi. 
Ro‘parasida zulmat, ortiga o‘girilib qarasa, qorong‘i — bo‘shliq. Faqat 
uqubat uchun tug‘ilgan odam ham u kabi uqubat chekmasa kerak. Qoq 
suyak topgan it ham o‘zini baxtli his qilar balki. Shuncha boyligi bo‘la turib 
nima uchun Asadbek baxtsiz?.. 
Har bir odamning baxt daraxti o‘ziga alohida bo‘ladi. Bu baxt daraxtini 
boylik bulog‘i suvi bilan sug‘orib, meva olmoqchi bo‘lganlar yanglishadilar. 
Asadbek ana shu adashuvchilardan biri edi. 
Faqat imon bulog‘idan suv ichgan baxt daraxtigina shirin meva berishini 
hamma ham anglab yetavermaydi. 
Asadbek ana shu anglamaganlardan biri edi. 
Zulm bulog‘idan suv ichgan baxt daraxti qiyomatda zaqqum daraxtiga 
aylanajagidan barcha xabardormi? 
(Т. Malik) 


10-mashq. Gaplarni ko‘chirib yozing, so‘ngra ularni nutqning fonetik 
bo‘linishi bo‘yicha tahlil qiling, har bir gap tarkibida nechta sintagma (takt), 
so‘z, bo‘g‘in va tovushlar borligini aniqlang. 
Namuna: Eng buyuk jihod: insonning nafsi bilan: shayton bilan qilgan: 
jihodidir: Sen ham:doim: ularga qarshi kurash.
I z o h : Sintagmalardan so‘ng ikki nuqta qo‘yilgan. 
Bu gap 7 ta sintagma (takt) dan iborat bo‘lib, 16 ta so‘zga, so‘zlar esa 33 
ta bo‘g‘in va 82 ta tovushga bo‘linadi. 
1. Yolg‘iz qolishing yomon odamlar bilan birga bo‘lishingdan 
yaxshiroqdir. Buni uqib ol. Yomon odamlardan hamisha uzoq yur. 
2. Haqdo‘stlaring ko‘ngillarini aslo ranjitma. Xafa qilsang, 
dushmanlaringning orzularini bajargan bo‘lasan. Natijada azoblarga 
qolasan. 
3. Yomonliklardan yiroq yurmoqchi bo‘lsang, tilingga ehtiyot bo‘l. Yo 
yaxshi gaplardan gapir, yoxud sukut saqla. 
4. Ey inson, har bir so‘zni o‘ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, 
yoxud halokatga boshlaydi. 
5. Ey inson, bilmaganingni hamisha so‘ra. Olimning yonidan ayrilma. 
Undan olgan fayz ila atrofni munavvar ayla.  
(M. Kamol) 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling