Skrubberlar
Download 1.14 Mb.
|
(Xo\'jayozov) Skrubberlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Venturi skrubberlari.
Venturi skrubberlari. Bu turdagi skrubber ikki qismdan (2-rasm): Venturi trubasi 3 va ajratgich 1 dan tarkib topgan bo`ladi. Venturi trubasi 3 da gaz tozalansa, ajratkich 1 da esa - suv tomchilari gaz oqimidan ajratiladi. Tozalanishi zarur bo`lgan gaz, qurilmaning paski qismidan patrubkaga uzatiladi. Ma’lumki, Venturi trubasining diffuzor qismida konuslik ortib boradi. Bu esa, diffuzorda bosim kamayishiga, ya’ni vakuum hosil bo`lishiga olib keladi. Ushbu vakuum hisobiga idishdan kollektor orqali Venturi trubasiga suv so`rib olinadi. Suyuq faza gaz bilan to`qnashishi natijasida mayda tomchilarga (~10 mkm) ajralib ketadi. Gaz va mayda tomchilarning o`zaro urilishi paytida suyuqlik tomchilari qattiq zarrachalarni o`ziga tortib oladi va yiriklashadi
So`ng esa, ushbu tomchilar gaz oqimi bilan birga diffuzor orqali o`tadi va natijada tezligi pasayadi. Gaz oqimini suyuqlik zarrachalaridan ajratish uchun uyurmalantiruvchi moslama xizmat qiladi. Ajratgichda ajratib olingan suyuqlik yig`gichga oqib tushadi. Tozalangan gaz esa, skrubberning tepa qismidagi patrubkadan atmosferaga chiqarib yuboriladi.
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling