Слайд студентки 4-группы 1-курса заочной отделение Деновского Педагогического института Рахмоновой Сунбулы по русскому языку 6-темы Городо-музеи Узбекистана


Download 58.12 Kb.
bet3/4
Sana25.12.2022
Hajmi58.12 Kb.
#1066041
1   2   3   4
Bog'liq
Ona tili imlosi va uning asosiy tamoillari (2)

Tarixiy-an’anaviy tamoyil. So‘z va morfemalarning yozuvda qadimdan odat bo‘lib qolgan shaklda yozilishi imloning tarixiy-an‘anaviy tamoyili deb ataladi. Bu tamoyilda so‘zlarning yagona shakli va talaffuzi e’tiborga olinmaydi. So‘zlar hozirgi holatiga qarab emas, balki qadimdan an‘ana tusiga kirib qolgan qoidalar asosida yoziladi. Masalan fikr, qadr, aql, ilm so‘zlari talaffuzda i tovushi orttirilgan holda fikir, qadir, aqil, ilim tarzida aytiladi. Ammo tarixiy-an’anaviy tamoyil bo‘yicha bu so‘zlar i tovushisiz yoziladi.
Tarixiy-an’anaviy tamoyilga ko‘ra yoziladigan so‘zlarga misol sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. O‘zbek tilidagi o‘zlashma so‘zlarda ko‘pincha ikki undosh tovush yonma-yon keladi. Bular talaffuz qilinganda ikki undosh orasida qisqa i unlisi paydo bo‘ladi. Ammo bu imloda hisobga olinmaydi. So‘zlar an‘anaga muvofiq avvalgi shakllari bo‘yicha yozila beradi: fahm, sharm, fasl, lahm, hatm, nasl, muhr, jabr, vazn, mehr, zulm, ayb, kibr, vasl, vazn, husn, sinf, jahl, naqsh, rasm kabilar.
2. So‘z o‘zaklarida ikki unlining qator kelishi aslida o‘zbek tiliga xos xususiyatlardan emas. Shuning uchun og‘zaki nutqda doim, oila, rais, oid, doira, maishat, qoida, doir, shoir, suiqasd, Noila, Naima, Raisa, Said, Saida kabi so‘zlarda ikki unli orasiga bir y undoshi orttirib talaffuz qilinadi. Ammo bu xil so‘zlar imloda tarixiy an‘anaga muvofiq –y tovushisiz yozila beradi.
Farqlash (differensiasiya) tamoyili. Bu tamoyilga ko‘ra og‘zaki tilda o‘xshash, yaqin talaffuz qilinuvchi bir qator so‘zlar yozuvda shaklan farqlangan holda yoziladi. Farqlashning bir necha ko‘rinishlari bor:
1) unli tovushlarga ko‘ra farqlash: jodi (asbob) – jodu (sehrli), oxir (so‘ng) – oxur (mollarning oziqlanadigan joyi), urish (fe’l) – urush (jang, muhoraba), tursin (fe’l) – Tursun (ism), kampaniya (ma’lum davr) – kompaniya (sheriklar, shirkat);
2) undosh tovushlarga ko‘ra farqlash: abzal (ot asbobi) –afzal (yaxshi), ganj (xazina) – ganch (qurilish materiali), paqir (chelak) – faqir (kambag‘al, bechora), xush (yaxshi) – hush (sezgi, es), xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol), pakt (siyosiy bitim) – fakt (dalil , isbot), zond (medisina asbobi) – zont (soyabon);
3) urg‘u vositasida farqlash: atlas (geografik kartalar yig‘indisi) – atlas (mato, material), yangi (sifat) – yangi (ravish), olim (ilmiy kishi) – Olim (ism), guli (meva guli) – Guli (ism), bosma (ot) – bosma (fe’l), akademik (sifat) –akademik (ot), olma – olma, suzma – suzma, surma – surma, tugma – tugma, tortma – tortma kabilar;
4) unlining cho‘ziq-qisqaligi orqali, aniqrog‘i yozuvda tutuq belgisini qo‘llash orqali farqlash: davo – da’vo, ayon – a’yon, sava – sa’va, alam – a’lam, tana – ta’na, sher – she’r, tarif – ta’rif, taqib – ta’qib;
5) qo‘shimchalarga ko‘ra farqlash: bo‘shlik (yuvoshlik, ojizlik) – bo‘shliq (fazo), borlik (biror narsaga egalik, mavjudlik) – borliq (dunyo, koinot), otalik (otaga xos, otalik burchi) – otaliq (otaliqqa olish), tog‘lik (tog‘da yashaydigan kishi) – tog‘liq (tog‘li joy), oqlik (belgi oti) –oqliq (sut, qatiq), og‘alik (akalik) – og‘aliq (amal nomi). Misollarimizda -lik va -liq qo‘shimchalari ma’noni farqlash uchun xizmat qilgan. Bundan tashqari, -li va -lik qo‘shimchalari yordamida ham so‘zlar yozuvda farq qilinadi: bolali (bolasi bor kishi)- bolalik (yoshlik, bolalik vaqti), belbog‘li (belbog‘i bor kishi) – belbog‘lik (belbog‘ bo‘ladigan mato), kiyimli (kiyimi bor kishi) – kiyimlik (kiyim bo‘ladigan mato), tog‘li (tog‘li joy)- tog‘lik (tog‘likda yashovchi), onali (onasi bor) – onalik (onalik mehri) va boshqalar.

Download 58.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling