Slikat kislota va uning xossalari 1 Silikatlarning umumiy xossasi


Download 171.64 Kb.
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi171.64 Kb.
#1498485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Slikat kislota va uning xossalari

Silikat kislotalar yoki kremniy kislotalar — silikat angidrid (SiO2)ning suvli hosilalari. Umumiy formulasi — [SiOx(OH)4-2x]n.[1][2] Xususiy hollari: H2SiO3 (metasilikat kislota), H4SiO4 (ortosilikat kislota), H6Si2O7 (pirosilikat kislota), disilikat hamda polisilikat kislotalar maʼlum. Silikat kislota suv bilan kolloid eritma hosil qiladi. Juda kuchsiz boʻlib, qizdirilganda suv va silikat angidridga ajraladi. Metall silikatlarga xlorid kislota yoki ammoniy xlorid taʼsir ettirish yoki kremniy (IV) xlorid SiCl4 ni gidrolizlash yoʻli bilan olinadi. Silikat kislota gellari bugʻ, yogʻ, neft va boshqa moddalarni tozalashda adsorbent sifatida ishlatiladi, tarkibida 2 va undan ortiq kremniy atomi tutgan silikat kislotasi polisilikat kislotalar deb ataladi. Silikat kislota zollari adsorbentlar, kvars shishasi olishda xom ashyo, sanoat qurilmalarida bugʻ va gazlarni yutuvchi modda, suv va mineral moylarni tozalashda filtr sifatida qoʻllanadi.


Silikatlar (lot. silex chaqmoqtosh) — silikat kislotalarning tuzlaridan iborat murakkab moddalar. Kristallar shaklidagi silikatlar tabiiy birikmalar ichida juda koʻp uchraydi. Tabiiy silikatlar ning kimyoviy tarkibi va tuzili shi juda murakkab boʻlganligidan ularni faqat rentgen analizi yordamida oʻrganish mumkin. Silikatlarning struktura nazariyasiga koʻra, barcha kristall shakldagi Silikatlar asosini [SiOJ4~ tarkibli tetraedrlar tashkil qiladi. Tetraedrning markazida Si4+ ioni boʻlib, uni 4 ta kislorod ioni qurshab olgan. Silikatlar tabiatda turli sharoitlarda hosil boʻlishi mumkin. Silikatlar otqindi va metamorfik togʻ jinslarni tashkil etuvchi minerallardir; baʼzi Silikatlar (mas, gillar, seolitlar) nurash natijasida hosil boʻladi. Silikatlarning xossalari ularni tashkil etuvchi tetraedrlarning xiliga, tarkibida suv boryoʻkligiga va boshqa omillarga bogʻliq. Koʻpchilik Silikatlar kimyoviy jixatdan barqaror; ular kislotalar taʼsiriga chidamli. Ularning rangi tarkibidagi kationlar tabiatiga boglik,. Silikatlarning qattiqligi Mos shkalasi boʻyicha 4 dan 7 gacha, zichligi 2—4 g/sm³. Silikatlarda izomorfizm xrdisasi keng tarqalgan; shunga kura, turli Silikatlar oʻzaro izomorf aralashmalar (maye andaluzit, sillimanit, kianit va b) hosil qiladi. Silikatlar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, Yer pusti massasining 3/4 qismini tashkil etadi. Barcha maʼlum minerallarning taxminan 1/3 qismi Silikatlardir. Silikatlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati katta. Ularning baʼzilari xom ashyo, ruda (nikelning silikatli rudalari, berilliy, litiy Silikatlar va h.k.), baʼzilari nometall foydali qazilma (mas, slyuda, talk, gil, dala shpatlari, asbest) va qurilish materiali (granit, bazalt va boshqalar), qimmatbaho va ziynat toshlari (zumrad, topaz, granat, berill va boshqalar) sifatida ishlatiladi. Silikatlar parchalanishi natijasida kvars (qum) SiO2 hosil boʻladi; alyumosilikatlar parchalanganida esa, kum va kaolin H4Al2Si20 hosil buladi.
Tabiiy Silikatlar bilan bir qatorda sunʼiy Silikatlarning ham ahamiyati juda katta. Tabiatdagi deyarli barcha silikatlar, shuningdek, tabiatda uchramaydigan yoki kam uchraydigan Silikatlar sunʼiy usulda olingan. Sunʼiy Silikatlar tarkibi va tuzilishi jihatdan maʼlum darajada bir xil boʻlganligi uchun ularning xossalarini oʻrganish osonroq. Sunʼiy Silikatlar dan, ayniqsa, shisha, sement, keramika, sir, olovbardosh materiallar va boshqalarning ahamiyati muhim.

Download 171.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling