Slikat kislota va uning xossalari 1 Silikatlarning umumiy xossasi
Download 171.64 Kb.
|
Slikat kislota va uning xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keramika ishlab chiqarish.
Silikat sanoati oʻz ichiga shisha ishlab chiqarish va sement ishlab chiqarishni olgan. Tabiiy silikatlardan va kremnezyomda shisha, farfor, fayans, keramika buyumlar tayyorlangan.
Shisha ishlab chiqarishShisha hosil boʻlish jarayoni. Inson shisha ishlab chiqarish bilan qadimdan shugʻullangan, Misr ustalari shisha tayyorlaganlar. Shisha tiniq, shaffof, oʻzidan nur sindiradi, amorf holdagi modda. Soda, ohaktosh, qum aralashmasini yuqori temperaturada qizdirish yoʻli bilan olinadi. CaCO3+SiO2→CaSiO3+CO2; Na2CO3+SiO2→Na2SiO3+CO2 CaCO3+Na2CO3+6SiO2→Na2O*CaO*6SiO2+CO2 Na2CO3 oʻrniga K2СО3 ishlatilsa labaratoriyada ishlatiladigan idishlar tayyorlashda foydalanish mumkin. CaCO3+K2CO3+6 SiO2→K2O*CaO*6SiO2+CO2 Rangli shishalar turli moddalar qoʻshib olinadi. Agar shishaga kobalt (II) oksidi qoʻshilsa och havorang, xrom (III) oksidi qoʻshilsa yashil rang, temir (II) oksidi qoʻshilsa toʻq yashil rang, mis (I) oksidi qoʻshilsa qizil rang, oltin qoʻshilsa rubin hosil boʻladi. Shisha tolalardan issiqlik va elektroizolyatsiyalovchi xususiyati gazlamalar, kislotaga chidamli materiallar tayyorlanadi. Keramika ishlab chiqarish.Gildan tayyorlangan buyumlar-keramika deb ataladi. Sopol tayyorlash uchun homashyo boʻlib gil tuproq, kаоlin, qum, boʻr, dolomitlar hisoblanadi. Yuqori haroratga va kislotalarga chidamli sopol materiallar, chinni ishlab chiqaradigan sanoat keramika sanoati deyiladi. Fayans va chinni, nafis keramika, boshqalari dagʻal keramika deyiladi. Kеramika sanoatining asosiy хоm аshyosi tuproq-kaolindir. Loydan yasalib pishiriladigan idishlar-sopol va chinni buyumlar insoniyat tarixida katta ahamiyatga ega. Kеramika sanoati dastlab Misrda, Eronda, Xitoyda soʻng Oʻrta Osiyoda rivojlangan. Sopol buyum va gʻisht avval loydan yasalib quritiladi va 10000C da pishiriladi. Loy tarkibidagi suv bugʻlanib, 3Al2O3*2SiO2 tarkibli alumosilikat hosil boʻladi. Sopolning sariq, qoʻngʻir qizil tusli rangda boʻlishi unung tarkibida temir moddasining borligidan dalolat beradi. Sopol buyumlarning sirtini sirlash uchun pechga osh tuzi tashlanadi, osh tuzining bugʻi idish sirtida kremniy (IV) оksidi bilan birikib silikat hosil qiladi. Idishlar pechda quritiladi va sirlanadi, yana quritiladi. Sirlash va boʻyoq bilan boʻyash uchun qalay oksidi – oq rang, xrom oksidi-yashil rang, temir oksidi qoʻngʻir rang, mis oksidi qizil rang ishlatiladi. Samarqand, Buxoro, Хiva kаbi shaharlardagi binolar asrlar davomida oʻzining jozibasi, naqshlari bilan hammani hayratga solgan, aslida bular sopoldan yasalgan. Keramika mahsulotlari Download 171.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling