Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimi orqali hozirgi davrda aholiga 176 ta davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha 15,1 milliona ta ariza-buyurtma bilan ish olib borildi. Axborot tizimlarini rivojlantirishning kelajakdagi asosi bo‘lib, servis tashkilotlarining barcha bo‘limlari ishlarini birlashtiruvchi va axborot resurslariga kirish imkonini beradigan arxivlarni shakllantiriadigan ochiq axborot texnologiyalari hisoblanadi. Hozirgi kunda bunday axborot texnologiyalar uzoq kelajakka qoldirilmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida shu narsa keltirilmoqdaki, boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi turidagi sistemalarni ishlab chiqish sarmoyalar bilan taqqoslangan natijalarni bermaydi. Axborot bilan ishlashning bunday tamoyili Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko‘pchilik korxona, tashkilot va firmalarga xosdir. Bunday holat xususiy sektor vakillariga ham tegishlidir. Lekin shu narsa ayon bo‘lib bormoqdaki, oxirgi yillar davomida O‘zbekiston dunyo axborot bozorining teng huquqli ishtirokchisiga aylanib bormoqda va shu sababli har qanday loyihalar dunyoda ishlab chiqilgan texnologiyalarning asosiylaridan foydalanish maqsadga muvofiq vazifa bo‘lib hisoblanadi. Lodging Touch tizimi mehmondo‘stlik sanoati uchun dasturlar ishlab chiqish sohasidagi yetakchi tashkilotlardan biri - AQShning MAI Hospitality kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda Lodging Touch tizimi mehmonxona biznesini kompleks avtomatlashtirish dasturiy vositalarining eng zamonaviylaridan biri hisoblanadi. Dastur to‘la rusifikatsiya qilingan va MDH bozori uchun moslashtirilgan. Boshqa shunga o‘xshash tizimlardan farqli o‘laroq, Lodging Touch tizimi Windows NT operatsion muhitida faoliyat ko‘rsatadiki, bu uning faoliyat doirasini ancha kengaytiradi, shuningdek, u bilan ishlash usulini oson o‘zlashtirish imkonini beradi. Tizim mehmonxonaning turli boTimlari: porte, restoran xizmati, sotish, banketlar tashkil etish bo‘limini avtomatlashtir uvchi dasturlarning birlashtirilgan paketidan tashkil topgan. Lodging Touch tizimi buxgalteriya dasturlari, mehmonxona daromadini oqilonalashtirish tizimlari, pullik televideniye, telefon, nomerga kirishni nazorat qilish va boshqa tizimlar bilan bog‘lanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |