Сложносочиненное предложение


Download 1.15 Mb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1472085
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jabborov Muhammadi (1)

Lodging Touch tizimi

Lodging Touch-Porte tizimi modul prinsipiga asosan tuzilgan. Operatsion blok tizimning bosh bo‘g‘inini tashkil etadi. U nomerlarni bronlashtirish (bronni rasmiylashtirish va bekor qilish, ko‘tish varaqlarini yuritish, mehmonxona qavatlarini ko‘zdan kechirish), mehmonlarni joylashtirish va ro‘yxatdan chiqarish, to tovlarni kiritish va tungi audit taomili funksiyalarini qo‘llab quvvatlaydi. Shu yerda mehmonxonadagi holat to‘g‘risidagi hisobotni (grafik yoki jadval variantlarida) ko‘zdan kechirish, har xil ma’lumotlar (mehmon kartochkalari, pasport ma’lumotlari va h.k.) olish mumkin.

Lodging Touch tizimining boshqa ayrim dasturiy modullari qatoriga tariflarni boshqarish bloki, nomerlar fondini boshqarish bloki (nomerlarni tozalash va xodimaning ish grafigini tuzish uchun mo‘ljallangan) kiradi. Lodging Touch tizimida turistik agentliklar bilan ishlash dasturiy bloki ham bo‘lib, u agentliklardan olingan buyurtmalarni rasmiylashtirish, vositachilik haqini hisoblash, chegirmalar va maxsus takliflarni belgilash, statistika ma’lumotlarini ko‘zdan kechirish imkonini beradi. Lodging Touch tizimining MDH mamlakatlaridagi rasmiy distribyutori Libra Hospitality kompaniyasidir.

Nimeta dasturiy tizimi

Bu kichik va o‘rta mehmonxonalar uchun mo‘ljallangan nisbatan yangi mahsuldir. Nimeta tizimi Internet-texnologiyalar vositasida mehmonxonani boshqarish tizimi ijaraga olish va undan foydalanish imkonini beradi. Bu texnologiyaning ish prinsipi Shundan iboratki, mehmonxona haqidagi barcha ma’lumotlar va mehmonxonani Boshqarish tizimining dasturi mehmonxonadan tashqarida, buning uchun maxsus Ajratilgan serverda joylashgan bo‘ladi. Mazkur server Internet-provayderning jihozlangan Servis-markazida bo‘ladi. Shunday qilib, Nimeta tizimini ulash va undan foydalanish Uchun kompyuterga ega bo‘lish va Internetga chiqish kifoyadir. Mehmonxonalarni kompyuterlashtirishning boshqa tizimlari ham juda ko‘p. Amalda barcha tizimlar taxminan bir xil funksiyalar va imkoniyatlar to‘plamiga ega bo‘lib, ular o‘rtasidagi farq juda ahamiyatsizdir. Masalan, «Edelveys» tizimida bronlash Mehmonxona nomerlarining vizual rejasi yordamida amalga oshiriladiki, bu bronlash Operatsiyasini ancha yengillashtiradi.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling