Smeta tuzish. Reja
Download 52.27 Kb.
|
Smeta tuzish.
I. Umumiy qoidalar
1. Davlat budjetidan xarajatlar tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida va tashkilotlarning xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi. 2. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va xarajatlarni qoplash uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lardan tashqari boshqa daromad manbalari mavjud bo‘lgan tashkilotlar ham budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzadilar. 3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: xarajatlar smetasi — tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkilotlar uchun xarajatlar moddalari bo‘yicha ko‘zda tutilgan budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi; budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta — tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi; xarajatlar moddasi — budjet tasnifining qismi bo‘lib, Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tayinlanishi va to‘lovlarni aniq turlarini ifodalaydi; vaqtinchalik xarajatlar smetasi — tashkilotlarning xarajatlar smetasi tasdiqlangunga va ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amal qiluvchi hujjat bo‘lib, unda budjet tashkilotlari uchun ko‘zda tutilgan, qonunchilikka o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda, har oyda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlardagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar (xarajatlar rejasi) aks ettiriladi; budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari — qonunchilikda nazarda tutilgan budjetdan tashqari manbalar hisobidan tashkilotlar ixtiyoriga kelib tushadigan mablag‘lar. 4. Davlat budjetidan mablag‘ oladigan tashkilotda tasdiqlangan xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari mablag‘lar mavjud bo‘lganda esa, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bo‘lishi shart. 41. Quyidagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar xarajatlar smetalarini tuzishni talab qilmaydi va xarajatlar yoyilmasida hisobga olinadi: budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning smeta xarajatlarini ro‘yxatga olish jarayonida bo‘shagan; tovar-moddiy boyliklarning me’yordan ortiqcha zaxiralaridan chegirilgan; advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan ajratilgan; soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarishga; davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashga; budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani to‘lashga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjet tashkilotlari xarajatlar smetasiga o‘zgartirish kiritish holatlari bundan mustasno; bir yo‘la beriladigan davlat rag‘batlantirish va mukofotlarini to‘lashga; Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarga kompensatsiya to‘lovlarini to‘lashga; transportda imtiyozli yurishni qoplashga; O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi qarzlari hamda xalqaro moliyaviy institutlar va chet davlatlari kreditlarini qoplashga va ularga xizmat ko‘rsatishga; xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lashga; hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga; saylovlar va referendumlar o‘tkazishga; quyi budjetlarga budjet ssudalari va subvensiyalarni ajratishga; banklar va boshqa moliya institutlarning ustav kapitallarini shakllantirish va ko‘paytirishga; xo‘jalik yurituvchi subyektlarga budjet ssudalari ajratishga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kredit liniyalarini ochishga; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ishlab chiqilayotgan qaror loyihalariga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga; davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg‘armalariga beriladigan; xarajatlar indeksatsiyasi bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari. (41-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda) 5. Tashkilotlar, agarda qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda xarajatlar smetasini, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani, shuningdek, shtatlar jadvalini tasdiqlangan tashkiliy tuzilma, shtat birliklari, namunaviy shtatlar va budjetdan moliyalashtirish me’yorlariga muvofiq ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. 6. Xarajatlar smetasiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlar ularga berilgan tegishli huquq va vakolatlar doirasidagi qarorlari va farmoyishlarida ko‘zda tutilgan xarajatlar kiritiladi. 7. Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik muddatga — 1-yanvardan 31-dekabrni ham qo‘shgan holda, mavsumiy yoki joriy yilda ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa, ularning mazkur moliya yilidagi faoliyat ko‘rsatish muddatiga tuziladi va amal qiladi. Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan bo‘lsa, u holda Davlat budjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan davrda xarajatlar tashkilotlar tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 8. Xarajatlar smetasini, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetani tuzishda mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi va tariflari quyidagicha hisobga olinadi: mavsumiy tashkilotlar yoki joriy yilda ishga tushirilgan tashkilotlar bo‘yicha — ushbu tashkilotning faoliyat ko‘rsatishi boshlangan oyning birinchi sanasi holatiga; qolgan tashkilotlar bo‘yicha — mazkur smetalar tuzilayotgan tegishli yilning 1-yanvariga bo‘lgan amaldagi shartlarda. 9. Budjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo‘shimcha xarajatlarga tashkilotlarning xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli o‘zgartirishlar kiritib boriladi. 10. Tashkilotlarning tasdiqlangan yil yoki choraklarga (oylarga*) belgilangan xarajatlar smetasi mablag‘lari miqdoriga yil davomida kiritiladigan o‘zgartirishlar bo‘yicha yuqori tashkilotlar o‘ziga bo‘ysunuvchi tashkilotlarni yozma ravishda xabardor qilishlari lozim. Bu o‘zgartirishlar tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan smetalarga tuzatishlar kiritmay, kassa va haqiqiy xarajatlar kitobida (294-son shakl) hisobga olib boriladi. 11. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, shuningdek shtatlar jadvali, qoida tariqasida, ming so‘mda tuziladi. Download 52.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling