Smeta tuzish. Reja


-§. Xarajatlar smetasini tasdiqlash


Download 52.27 Kb.
bet7/13
Sana20.10.2023
Hajmi52.27 Kb.
#1712844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Smeta tuzish.

3-§. Xarajatlar smetasini tasdiqlash
32. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar tasdiqlanganidan keyin, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tashkilotlarga ularning umumlashtirilgan smetalari bo‘yicha choraklar kesimidagi taqsimotini, shuningdek ish haqiga, ish beruvchilarning ajratmalariga, kapital qo‘yilmalarga va boshqa xarajatlar summasiga budjetda belgilangan eng yuqori miqdorlarini ajratib ko‘rsatgan holda xabar beradilar.
Shahar moliya bo‘limlari bundan tashqari shaharga bo‘ysunadigan tuman hokimiyatlarining bo‘limlariga, yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlarni Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasi tomonidan tasdiqlangan ularning budjetlari hajmlari doirasida ajratib ko‘rsatib, xabar qiladilar.
33. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlangandan so‘ng unga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari o‘z tasarruflarida bo‘lgan tashkilotlar xarajatlar smetalariga kerakli tuzatishlar kiritadilar.
Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari ular tomonidan ilgari belgilangan tashkilotlar smetalari bo‘yicha yillik mablag‘lar miqdorlarini budjet bo‘yicha barcha smetalar xarajatlari umumiy summalariga mos keladigan qilib aniqlik kiritadilar.
Bunda, tegishli tuzatishlar o‘zlarida qoladigan nusxalarga kiritiladi.
Shundan keyin O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari belgilangan yillik budjetning choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga amal qilgan holda, hajmlari budjet bilan har bir chorakka (oyga) alohida belgilangan xarajatlarning umumiy summasi, shuningdek ish haqi, ish beruvchilarning ajratmalari, kapital qo‘yilmalar va boshqa turdagi xarajatlar summasi budjetning tasdiqlangan choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda tashkilotlarning xarajatlar smetasi bo‘yicha qabul qilingan yillik xarajatlar summasini choraklar (oylar) bo‘yicha bo‘lishlari kerak.
Tashkilotlarning xarajatlar smetalarida tasdiqlangan xarajatlarni yillik va choraklik (oylik) summalari, tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetalarining ikkinchi nusxasiga o‘tkaziladi.
34. Xarajatlar smetasini tasdiqlash moliya yilining 10-martidan kechikmasdan xarajatlar tasnifi moddalari bo‘yicha bo‘lingan holda amalga oshiriladi hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar o‘rinbosari) imzosi bilan, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda, shuningdek ushbu tashkilotning muhri smetaning barcha nusxalariga bosilib, bir paytning o‘zida xarajatlar smetasi bo‘yicha umumiy summasini yuqori o‘ng burchagida shtatdagi xodimlarning mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining umumiy summasini ajratib ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
35. Tashkilotlarning xarajatlar smetalari, shuningdek markazlashgan xarajatlar smetalari tasdiqlangandan so‘ng choraklar (oylar) kesimidagi xarajatlarni yillik umumlashmasi budjet tasnifining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari va iqtisodiy tasnifi bo‘yicha choraklarga (oylarga) bo‘lingan holda aniqlanadi va tegishli moliya organiga taqdim etiladi.
Shu bilan bir vaqtda setlar, kontingentlar va shtatlar bo‘yicha umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar taqdim etiladi.
36. Umumiy smetalar tasdiqlangandan so‘ng markazlashgan buxgalteriyalar bu smetalar bo‘yicha moliyalashtiriladigan tashkilotlarga quyidagilarni xabar qiladilar:
shtatlar va tashkilot xodimlari ish haqi stavkalari haqidagi ma’lumotlar;
tashkilotlarning xo‘jalik ehtiyojlariga rejalashtirilayotgan yilda ajratiladigan yoqilg‘i miqdori, elektroenergiya va suv bo‘yicha natural ko‘rsatkichlar;
budjet mablag‘lari doirasida sotib olishga mo‘ljallangan inventarlar va asbob-uskunalar ro‘yxati;
kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati;
hokimiyatlarning tegishli moliya boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan, yuqori moliya organlari bilan kelishilgan holda belgilangan tashkilotlarga xabar beriladigan ko‘rsatkichlar va shakllari ro‘yxati.
361. Davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish uchun ijrochi-tashkilotlarga ajratiladigan budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi ular bilan mazkur dasturlarga kiritilgan loyihalarni bajarishga budjet mablag‘larini bosh taqsimlovchi sifatida shartnoma tuzgan tegishli vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi.
(361-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
37. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan umumlashtirilgan xarajatlarni va alohida xarajatlar smetalarini tasdiqlangan budjetga, shuningdek budjetni tuzish bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq kelishi tekshirib ko‘riladi.
E’tirozlar bo‘lmagan taqdirda, moliya organi xarajatlar umumlashmasining birinchi betida “Kelishilgan” degan belgi qo‘yadi va muhr bilan tasdiqlagan holda xarajatlar umumlashmasining bir nusxasini tegishli vazirlik, idora, hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlariga qaytaradi.
Agarda xarajatlar umumlashmasi bo‘yicha e’tirozlar bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari rahbarlaridan xarajatlar umumlashmasi va tegishincha alohida tashkilotlarning xarajatlar smetalariga tegishli tuzatishlar kiritishni yozma talab qiladilar.
38. Alohida va umumiy xarajatlar smetalarining bir nusxasi vazirliklar, idoralar, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlarida qat’iy hisob hujjatlari tariqasida saqlanadi.
39. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tekshirilgan umumlashtirilgan xarajatlar smetalari asosida, budjetda ko‘zda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan choraklarga (oylarga) bo‘lingan tegishli budjet xarajatlari yillik yoyilmasini tuzadilar.

Download 52.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling