Smm loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasi
Download 40 Kb.
|
Raximov Furqat Taqriz
- Bu sahifa navigatsiya:
- “SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasi (8-sinf misolida)”
- Tadqiqot ob’ekti va predmeti
- F.A.Raximovning
Raximov Furqat Akbaraliyevichning 5A110102- Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi boʻyicha “SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasi (8-sinf misolida)” mavzusidagi magistr akademik darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasiga T A Q R I Z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi PQ-4851-sonli«Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni it-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlarida Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish «Raqamli O'zbekiston — 2030» strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo'yicha ko'rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta'minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Hozirgi yoshlarda IT-mutaxassiligini oshirish va SSM ijtimoiy media marketing afzaliklari haqida kompetentligini shakllantirish, hozirgi ijtimoiy platformalardan oqilona foydalanish kabi muhim yo’nalishlar ayni vaqtdagi pedagogik o’quv rejalarda katta o’rinni egallaydi. Muhokama qilinayotgan magistrant F.A.Raximovning “SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasi (8-sinf misolida)” dissertatsiya ishi ushbu farmonda belgilab berilgan vazifalar ijrosi uchun dolzarblik kasb etishi bilan alohida qimmatga ega. F.A.Raximovning dissertatsiya ishi kirish, 3 bob, 6 ta paragraf, har bir bob bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat boʻlib, uning umumiy hajmi 80 sahifani tashkil etadi. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati ilmiy asoslangan, muammoning oʻrganilganlik darajasi tahlil etilgan. Tadqiqot obyekti va predmeti aniqlanib, maqsad va vazifalari, shuningdek, tadqiqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning asosiy masalasi va farazlari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi,nazariy va amaliy ahamiyati, uslub va uslubiyoti keltirilgan. Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Tadqiqot ob’ekti umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiylari fani o‘qitish metodikasini takomillashtirish. Tadqiqot predmeti “SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, mazmun mohiyatini o‘rganish va uni o‘qitishda zamonaviy pedagog va axborot texnologiylardan foydalanish, mavzularni o‘rgatishda vidoe darslar tayyorlash va undan foydlanish, (YouCAM, Camtasion Studio dasturlari orqali) o‘quvchilar bilimini baholashda iSpring Quiz Maker dasturida nostadart testlarni yarartish hamda foydalanish). F.A.Raximovning “SMM loyihalari bilan ishlash bobini o‘qitish metodikasi (8-sinf misolida)” mavzusidagi dissertatsiya muallif tomonidan olingan natijalar ishonchli, berilgan xulosa va tavsiyalar ilmiy-metodik jihatdan asoslangan. Tadqiqot tushunarli, ravon tilda yozilgan. Dissertatsiya ishi magistrlik darajasini olish uchun qo’yilgan barcha talablarga javob beradi va muallif F.A.Raximovning 5A110102- Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasini olishga loyiq deb hisoblayman va magistrlik ishini DAKga himoyaga tavsiya etaman. Navoiy davlat pedagogika instituti “Infomatika” kafedrasi o‘qituvchisi p.f.f.d.(PhD) A.O.Norbekov Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling