Smm yordami bilan hal qilish mumkin bo'lgan vazifalar


Download 162.27 Kb.
bet1/2
Sana30.09.2020
Hajmi162.27 Kb.
#131871
  1   2
Bog'liq
Документ (1)


SMM(Social Media Marketing) - ijtimoiy tarmoqlarda marketing - bu mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.

Mutaxassislar bergan ma'lumotlarga ko'ra, mijozlar biron tovarni sotib olishdan yoki xizmatdan foydalanishdan avval o'rtacha 10.4 ta maqolani o'rganib chiqishar ekan. Oddiy foydalanuvchi o'rtacha 5.8 ta akkauntga ega bo'lib, ularni 2.8 tasidan faol ravishda foydalanar ekan. Bu esa mahsulot yoki xizmat egalarida aynan shu muhitlarda foydalanuvchilar bilan aloqani yo'lgda qo'yish, o'z mahsulot yoki xizmarlarini aynan shu muhitlarda reklama qilish, uni qo'llab-quvvatlash zaruratini tug'diradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - juda effektiv qurol bo'lib, uning yordamida, ijtimoiy tarmoqlardan, bloglardan, kundaliklardan va forumlardan saytga foydalanuvchilarni jalb etish mumkin. Foydalanuvchilar va potensial mijozlarni jalb etishni reklama yordamida sotib olish mumkin. Ammo potensial auditoriyani sotib olish mumkin emas. Uni ishonchini qozonish mumkin. Ijtimoiy medida muhitlar - bu mijozlar/foydalanuvchilar bilan muloqot qilish quroli. Hozirgi kunda bu auditoriyani teletomoshabinlar auditoriyasi bilan solishtirish mumkin. 

Eng katta farqi shundagi, bu auditoriya teletomoshabinlar auditoriyasidan ko'ra ancha ehtiyotkor, faolroq va juda diqqatlidir. SMM reklamadan ko'ra ko'proq PR'ga o'xshash. SMM bu bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlashdir. 



  • SMM yordami bilan hal qilish mumkin bo'lgan vazifalar:

  • brend yaratish va uni yurgizish/tanitish;

  • brendni mashhur qilish, unga bo'lgan qiziqishni oshirish;

  • PR;

  • kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;

  • mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo bo'lgan savollar tezkor javob berish, xizmat ko'rsatish.

SMM hozirda bajaradigan vazifasiga ko'ra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda ko'pchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda marketing - hozirda nafaqat katta kompaniyalar, o'z bozorlari faollari, balkim, o'rta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, o'z mijozlari bilan qayta aloqani yo'lga qo'yishmoqda.

Odatiy ijtimoy mediada marketing quroli:


  • har xil muhitlarda bloglar yaratish, uni ma'lumotlar bilan to'ldirish va bu resursni tanitish;

  • blogni yurgazish;

  • tematik saytlarda, guruhlarda mahsulot yoki xizmatni qo'llab-quvvatlash bilan shug'ullanish;

  • tematik forumlar yaratish, ularda mahsulot yoki tovar yuzasidan beriladigan savollarga javob berish;

  • kompaniya nomidan munozara va mulohazalarda qatnashish;

  • virusli marketing;

  • mahsulot yoki xizmatga bo'lgan yaxshi va yomon kayfiyatlarni kuzatib borish;

  • kompaniya internet resurslarini ijtimoiy mediaga moslash, optimizatsiya qilish.

Ijtimoiy tarmoqlarda marketing kompaniya saytini SMO - Social Media Optimization talablariga moslashni ham talab qiladi.

Начало формы



Конец формы

Azamat.uz











Internetda pul ishlashIngliz tiliIngliz tili grammatikasiLaravelSayt tayyorlashQanday qilibIELTSBarchasini ko'rish

SMM haqida umumiy ma’lumot


  • 08.11.2017

  • Internetda pul ishlash

 

  • 7,354



SMM atamasi Social Media Marketing so’zlarining bosh harfidan tashkil topgan. Bu soha ijtimoiy tarmoqlarda marketing bilan shug’ullanishni anglatadi. Facebook, Odnoklassniki, Telegram va boshqa har qanday ijtimoiy tarmoqda sayt, mahsulot yoki xizmatni ommalashtirishga qaratilgan harakatlar SMMga misol bo’lishi mumkin.

Яндекс.ДиректРаботайте с PropellerAdsПолучайте высокий CR с Self-Serve платформой PropellerAds. Лёгкий аппрув.MY.PROPELLERADS.COM

Qaysi sayt ijtimoiy tarmoqlarda qanchalik faol bo’lsa, uning qidiruv natijalarida chiqadigan o’rni ham shunchalik yuqori bo’ladi. Tadqiqotlar natijasida qidiruvdan foydalanayotgan 90% kishi natijalarning birinchi sahifasidan boshqasiga o’tmaydi. 70% holatda esa qidiruvchi natijalarning eng yuqori uchtasini bosib, saytga o’tadi, xolos. Shu sababli saytlar uchun qidiruvning natijalari sahifasining imkon boricha eng yuqori qismidan o’rin olish katta ahamiyatga ega. Qidiruv natijalarida saytlarni ko’tarib beradigan eng katta kuchlardan biri – bu saytning ijtimoiy tarmoqlarda faolligidir.

Har bir saytning ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi (guruhi, kanali) bo’lishi shart. Bu sahifa, guruh yoki kanal orqali foydalanuvchilar sayt (tashkilot, kompaniya) bilan jonli muloqotga kirishadi. Kompaniyaga har qancha yaxshi mahsulot tayyorlamasin, sayt har qancha yaxshi xizmatlarni taklif qila olmasin, agar odamlar bilan jonli shaxsiy muloqotga kirisha olmasa, har doim iste’molchilar va kompaniya o’rtasida bo’shliq bo’laveradi. Ijtimoiy tarmoqlarda to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish imkoniyati bilan odamlar kompaniyaga yaqinlashishadi: savol so’rashadi, javob olishadi, taklif yoki shikoyatlarini bildirishadi. Bu esa, o’z navbatida, iste’molchilar va kompaniyalar o’rtasidagi munosabatni iliqlashtirishdan tashqari kompaniya saytining qidiruvda yuqoriroq o’rin egallashiga zamin yaratadi.

SMM bilan qanday shug’ullanish mumkin?

SMM bilan ikki xil usulda shug’ullanish mumkin: 1. Faol tarzda, 2. Sust holatda. Agar SMM bilan faol shug’ullanishni istasangiz, ijtimoiy tarmoqlarning maxsus SMM uchun mo’ljallangan xizmatlarini harid qilishingiz kerak bo’ladi. Bu xizmatlarga o’ziga xos postlar, foydalanuvchi qiziqishlaridan kelib chiqib ko’rsatiladigan reklamalar, tarmoq qidiruvidagi natijalarda tavsiya sifatida ko’rsatilishi va boshqalar kiradi. Xullas, faol SMM chiqimni talab qiladi va ko’proq foydalanuvchiga yetib borish uchun kuchli vositalardan foydalaniladi. Sust holatda SMM bilan shug’ullanishga esa tabiiy tarzda postlar, statuslar, xabarlar yozish orqali foydalanuvchilarga yetib borish misol bo’lishi mumkin. Agar ijtimoiy tarmoq platformasiga pul to’lamasangiz, shunchaki o’zingiz guruh, sahifa yoki kanal ochib uni yuritish orqali foydalanuvchi yig’sangiz, Siz sust holda SMM bilan shug’ullanayotgan bo’lasiz. Albatta, har ikki holatda ham SMM bilan shug’ullanish sayt reytingi uchun yaxshi foyda keltiradi.

Hozirgi vaqtda saytlar SMMga juda muxtoj. Ayniqsa, yangi ochilgan va imkon qadar tezroq foydalanuvchilarga tanilishni istovchi saytlar ko’tarib berilishi uchun pul to’lashga doim tayyor bo’lishadi. SMM mutaxassislari, SEOni yaxshi tushungan tadbirkorlar ham kam.

Nima qilish kerak?

Agar Siz SMM va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashtirish tijoratiga qiziqib qolgan bo’lsangiz, bu soha bilan kelajakda yaxshi daromad qilishni istasangiz,  Facebook (yoki istalgan boshqa ommabop ijtimoiy tarmoq)da sahifa yoki guruh oching. Bu mutlaqo bepul. Boshlanishiga guruhingizga qiziqarli ma’lumotlar joylang, ko’proq foydalanuvchilarni jalb qiling. Ularning har biri bilan shaxsiy muloqotda bo’lishni ham unutmang. A’zolar 10 mingtadan oshgandan so’ng guruhingiz yoki sahifangizga reklama joylash uchun buyurtma olishni boshlashingiz mumkin. Bundan tashqari, o’zingiz istagan saytni sahifa yoki guruhingizda ommalashtira oladigan bo’lasiz. Eng muhimi, soha bo’yicha ko’proq izlanib, ko’proq o’rganishga va doim rivojlanishga harakat qiling.

O’zingiz yoqtirgan ish bilan daromad ko’rishingiz mumkin SMM sohasi Siz uchun shunday yo’nalishlardan biri bo’lsa ajab emas.


Download 162.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling