So-22-204 guruh talabasi Tagirova Mahliyoning “Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish” fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi


Download 16.05 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi16.05 Kb.
#1620111
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ijtimoyiylashuv omillari va mexanizmlari

Ta’lim tizimida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar aks etmasligi mumkin emas. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonundan kelib chiqib, umumta’lim maktabi o‘zining o‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy vazifalarini ko‘rib chiqib, birinchi o‘ringa quyidagi ijtimoiy vazifalarni qo‘ymoqda:

  • ta’limni bolalar va o‘smirlar manfaati asosida tashkil
  • qilish;

  • maktabda tarbiya ishini ta’lim bilan teng yuritish;
  • maktab faoliyatini qayta yo‘naltirish;
  • maktab ishini takomillashtirish;
  • o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, turli
  • to‘garaklar tashkil etish;

Alohida fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar bolalarning qiziqishlarini o‘rganib chiqib, ularni turli to‘garak va seksiyalarga jalb qilishadi, maktabda xilma-xil tadbirlar turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi vazifalari universaldir.

1) guruh a’zolarini shu jamiyat madaniyatiga o‘rgatadi, ya’ni

ularning xulq-atvorini guruh a’zolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi.

2) tengqurlar guruharida ijobiy xulq-atvorga o‘rgatiladi.

Bu ularga namunaviy xulq -atvorlarni ko‘rsatish, g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qullash orqali amalga oshiriladi.

3) tengdoshlar guruhlari bolalar , o‘smirlar va o‘spirinlarning kattalar, xususan, ota-onalar ta’siridan avtonomlashuvlari jarayonida muhim o‘rin tutadi.

4) guruh o‘z a’zolariga yosh submadaniyatidan mustaqil bo‘lish

imkonini beradi.

O‘smirlar va o‘sprinlar submadaniyati rivojlanishining ikki yo‘nalishi mavjud. Birinchisi, u umumiy jihatlarga ega bulib, turli mintaqa va yo‘nalishlarga ajraladi. Ikkinchi yo‘nalish esa yoshlar submadaniyatining g‘ayrimadaniyatlar ta’siriga bog‘limigi. Bu holatda biz mavjud jamiyatning huquqiy asoslariga tajovuz qilmaydigan, biroq qabul qilingan xulq-atvor meyorlariga qarshi chiquvchi yoshlarni uchratishimiz mumkin. G‘ayri ijtimoiy madaniyatning borligi va uning tarqalishi u yoki bu jamiyatning inqirozidan hamda insonlarning qoniqmayotganligidan dalolat beradi.


Download 16.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling