So 'zning otasi


BEMOR BILAN MULOQOT NATIJASIDA SHIFOKORDA HOSIL BO'LGAN MANTIQIY


Download 490 Kb.
bet25/61
Sana06.11.2021
Hajmi490 Kb.
#170998
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
So 'zning otasi

BEMOR BILAN MULOQOT NATIJASIDA SHIFOKORDA HOSIL BO'LGAN MANTIQIY TASHXIS NAMUNALARI
Nafas olish tizimi kasalliklarida mantiqiy tashxis

1. Bemor haroratining keskin ko'tarilish (39-40°S), qaltirash, ko'pincha bir tomonlama ko'krak qafasida sanchiq (og'riq)ning paydo bo'lishi, hansirash, lunj qizarishi, lab, burun va quloq uchining ko'karishi, labdagi gerpetik toshmalar (uchuqlar); avval quruq 1-2 kundan so'ng zangsimon balg'am ajralishi, shikastlangan tomonning nafasdan orqada qolishi zotiljam (o'pka bir bo'lagining yallig'lanishi) kasalligidan dalolat beradi. Bunday holda bemorni terapevtik bo'limiga yotqizib, tekshiruvdan o'tkazish va tez yordamga kirishish lozim.



  1. Nafas chiqarishning qiyinligi, uzoqdan eshitilib turadigan davomli, hushtaksimon, shovqinli xirillashlar, yopishqoq balg'amning qiyin ajralishi; og'zi ochiq, burun qanotlari kengaygan, bo'yin tomirlari bo'rtib chiqqan, terga botib majburiy holatni (ya'ni qo'llarini tizzalariga tirab o'tirishi), bronxial astma (diqqinafas) xastaligining bo'g'ilish huruji davrida kuzatiladi, bunda kislorodli yostiq va astmaga qarshi bor dorilarni berib, shifokorni chaqirish darkor.

  2. Bemorda tana haroratining ko'tarilishi (39-39,5°S), ko'p terlash, hansirash, quruq yo'tal, lab ko'karishi, kasallangan tomonning nafas harakatidan orqada qolishi; qattiq og'riq (sanchiq) boiganda kasal tomonga yonboshlab yotishi plevraning yallig'lanishiga xos bo'lib, bemor darhol terapiya yoki pulmonologiya bo'limiga yotqizilishi kerak.

  3. Tez charchash, kechalari ko'p terlash, ishtahaning pasayishi. quvvatsizlik, tana haroratining ko'tarilib turishi (ko'pincha subfebril 37-37,3°S), yo'tal paytida qon tupurish, ozib ketish - o'pka sili kasalligining belgilaridan bo'lib, albatta, ftiziatr maslahatini olish tavsiya qilinadi.


Download 490 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling