So 'zning otasi
Bemor bilan muloqotda hosil bo'ladigan savollarga etalonli
Download 490 Kb.
|
So 'zning otasi
Bemor bilan muloqotda hosil bo'ladigan savollarga etalonli javob namunalari
1.Bemorni tekshirishdagi 4 sub'ektiv usulni aytib bering: pasport qismi; bemorning asosiy shikoyatlari; kasallikning rivojlanish tarixi; bemorning hayot tarixi.; 2.Kasallikning rivojlanishi to'g'risida aniq javob olish uchun bemorga 5 ta qanday asosiy savolni berish kerak: - kasallik qachon va qay vaqtda boshlandi? - u qanday boshlandi: to'satdanmi yoki asta-sekinmi?
kasallikning kechishi qanday bo'ladi? qanday tekshirish o'tkazildi va uning natijalari? qanday muolaja o'tkazildi va uning natijalari? 3.Bemorning hayot anamnezini yig'ishdagi 5 ta asosiy bosqichni sanab bering: umumtarjimai holi to'g'risida ma'lumot; yashash, turmush sharoitlari; noqulay sharoitlar va ishlab chiqarishning zararli ta'sirlari, oilaviy-irsiy anamnez allergik anamnezi.; 4.Bemorni ob'ekth tekshirishning 5 ta usulini sanab bering: bemorni umumiy ko'zdan kechirish (inspeksio); paypaslash (palpatsio), to'qillatish (perkuss, -eshitish (auskultatsio); - laborator asboblar orqali tekshirish usullari.; 5.Eng ko'p uchraydigan 4 ta allergik reaksiyani aytib bering: vazomotor rinit; eshakemi, Kvinke shishi Anafilaktikshok. 6.Shifokor (hamshira) deontologiyasi bo'yicha 3 ta asosiy tushunchani aytib bering: shifokor (hamshira) bilan bemorlarning o'zaro munosabati to'g'risiciagi ilm; mutaxassislik vazifalari haqidagi ilm; bioetika me'yorlarning majmui. 7.Bemorni umumiy ko'zdan kechirishda rioya qilinadigan 4 ta qoidani ayting: tibbiy yorug'likda ko'rish; xonada normal haroratning bo'lishi; bemorning belgacha yechingan bo'lishi, ko'zdan kechirishni to'Iiq va tartib bilan o'tkazish. 8. Bemorni sohalar bo'yicha tartib bilan ko'rishning 10 ta qoidasini aytib bering: -boshni ko'rish; -yuzniko'rish; - bo'yinni ko'rish; - ko'krakni ko'rish; oyoq-qo'llarni ko'rish; terini ko'zdan kechirish; suyaklarni ko'rish; bo'g'imlarni ko'rish; shilliq qavatlarni ko'rish; sochni ko'rish. 9. Bemor ahvolining 5 xil holatini aytib berins: qoniqarli holat; o'rtacha ahvol; og'ir holatda; o'rta og'ir holat agonal (o'lim to'shagida yotgan) holat. 10.Bemor es-hushi buzilish holatining 4 xilini aytib bering: 60 es-hush xiralashgan holat; garang bo'lib, qotib qolish holati (stupor); es-hushi yo'qolib, uyquga ketish holati (sopor); chuqur uyquga ketish - reflekslarning yo'qolishi (koma). 11.Eng ko'p uchraydigan koma holatini 7 turini aytib bering: ichkilikdan kelib chiqqan koma; diabetik koma; gipoglikemik koma; jigar kasalligidagi koma; buyrak kasalligidagi uremiya komasi; tutqanoqli koma; -apopleksik koma. 12.Bemor faoliyatining 3 xilini ayting: faol (aktiv) vaziyat; passiv (sust) vaziyat; majburiy-noilojlik vaziyati. 13.Qaddi-qomat tuzilishini 3 ta turini aytib bering: -astenik; -giperstenik; -normastenik. 14.Endokrin bezlarning funksiyasi buzilganda sodir bo'lgan yuz ko'rinishining 4 xil o'zgarishini aytib bering: akromegaliyadagi yuz ko'rinishi; miksedemadagi yuz ko'rinishi; bazedov yuzi; oysimon yuz ko'rinishi. 15.Bemorlarda uchraydigan 9 ta yuz qiyofasini ayting: kerkigan yuz; korvizor yuzi; isitmali yuz; shersimon yuz; mumli qo'g'irchoqqa o'xshash yuz qiyofasi; mimikasiz yuz «Parkinson niqobi»; Gippokrat yuzi; assimmetrik yuzi; sardonik yuz. 16.Terini ko'zdan kechirishda qanday 5 ta o'ziga xos o'zgarishga diqqatni qaratishimiz kerakligini aytib bering: rangi: cho'ziluvchanligi; namli; toshmalar borligi; chandiqlar borligi. 17. Teridagi 4 xil toshmalarni aytib bering: rozeola; eritema; uchuqtoshma; purpura. 18. Teri rangining 6 xil o'zgarishini aytib bering: bo'zargan; qizargan; ko'kargan; sarg'aygan; oqargan; -qora qo'ng'ir yoki jigarrang. 19. Bemor haroratining 6 asosiy turini aytib bering: doimiy harorat; bo'shashtiruvchi harorat; almashinib turuvchi harorat; gektik harorat; teskari xillik harorat; noto'g'ri harorat. 20.Tananing asosiy 6 ta antroponietrik o'lchamlarini ayting: bo'yi va ko'kragi; ko'krak qafasi aylanasi; qorin aylanasi; oyoqlar oichami; beli va bo'yin aylanasi; chanoq o'lchami. Download 490 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling