Ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida mantiqiy tashxis
Yurakning tez-tez urishi, ortiqcha terlash, qo'l-oyoq titrashi, ko'z soqqasi kattalashib, chaqchayib qolishi; saiga yig'loqi, jizzaki, shoshib gapiradigan bo'lib qolish, toksik bo'qoq kasalligi belgilari boiib, bunda (qalqonsimon bezda tireoid gormonlarning ortiq ishlab chiqilishidan kelib chiqadigan) endokrinolog maslahati zarur.
Agar bemor ko'p chanqasa, siydik ko'p ajralsa, tez-tez qorni ochsa, ozsa, behol bo'lsa, jinsiy aloqaga mayli pasaysa, badani qichishsa, bu qandli diabet (ya'ni me'da osti bezi gormoni - insulinning yetarli ishlab chiqarmasligi) xastaligining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Bu bemor albatta, endokrinolog ko'rigidan otkazilishi va uning doimiy nazoratida bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |