Qon tizimi kasalliklarida mantiqiy tashxis
Agar bemorning terisi, ko'z shilliq pardalari oqargan bo'lib, boshi aylansa, qulog'ida shovqin boisa, tez charchasa, holsizlansa, uyqu tortsa, hansirasa, til uchi, qirralari achishsa, bo'r, loy, ko'mir yeyishga, benzin yoki kerosin hidlashga xohish tug'ilganidan shikoyat qilsa, bu kamqonlik (anemiya)dan dalolatdir. Bunday bemorlarni gematolog ko'rigidan va umumiy qon tekshiruvlaridan o'tkazish lozim.
Haroratning ko'tarilishi, suyak-bo'g'imda og'riq turishi, holsizlik, chap qovurg'a ostida og'irlik, og'riq sezib, ko'pincha limfa tugunlarining kattalashishi, milk qonashi, teri qichishi, har xil toshmalar toshishi, badanda sababsiz ko'karish paydo bo'lishi, ozib ketish kabi belgilar oq qon kasalligi - leykozlarda uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |