Sobirjonov O'tkirbek


Download 88.66 Kb.
bet11/11
Sana25.01.2023
Hajmi88.66 Kb.
#1121060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
dotnet

Array.TrueForAll()
Aytaylik, sizga biror massiv berilib, savol qo’yilgan: massivning barcha elementlari musbatmi? Barcha elementlar juftmi? Barcha elementlar uzunligi 5 dan kattami? .. va hokazo. Tinib-tinchimagan dasturchilar shu holat uchun ham tayyor standart metod yozib qo’yishibdi. Ko’rdingizmi, qanchalik qulay tilni o’rganyapsiz. Ha aytgancha, metodga qaytamiz. Array.TrueForAll() metodiga kiruvchi parametr sifatida massiv nomi va lambda ifoda kiritiladi. Lambda ifoda elementlarni tekshirish uchun shart vazifasini bajaradi. Agar massivning barcha elementlari ushbu shartni qanoatlantirsa metod bizga true qiymat, aks holda, shartga mos kelmaydigan bir yoki bir nechta element mavjud bo’lsa false qiymatini qaytaradi. Yuqoridagilarni yaxshiroq tushunishingiz uchun bu funksiyaning dasturda yozilishi:
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
int [] tub_sonlar={2,3,5,7,11,13,17,19,23,29};
Console.WriteLine(Array.TrueForAll(tub_sonlar,e => e>0)); // True
Console.WriteLine(Array.TrueForAll(tub_sonlar,a => a%2==0)); // False
Console.WriteLine(Array.TrueForAll(tub_sonlar,a => a%2==1)); // False

string [] ism={"Salim", "Sardor", "Sanjar"};
Console.WriteLine(Array.TrueForAll(ism, s => s.StartsWith("S"))?"YES":"NO"); // YES so'zi chop etiladi

if (Array.TrueForAll(ism, w => w.Length==5)) Console.Write(5);
else Console.WriteLine("No"); // No chop etiladi
Console.ReadKey();
}
}
}
Array.Resize()
Bu funksiya massivning o’lchamini o’zgartirish uchun ishlatiladi. Kiruvchi parametr sifatida massiv nomi va yangi o’lcham kiritiladi. Natijada massivning o’lchami o’zgaradi. Qavs ichidagi massiv nomidan avval ref kalit so’zi yozilishi kerak. Agar massivning yangi o’lchami avvalgisidan kichik bo’lsa, elementlar massivning oxirgi elementidan boshlab to kerakli o'lchamga kelgunicha o'chiriladi. Agar yangi o’lcham eskisidan kattaroq bo’lsa, yangi elementlar massivga oxiridan qo’shilib, qiymati 0 (null) ga teng bo’ladi.
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
int [] MyNewArray={3,2,6,1,9};
Array.Resize(ref MyNewArray,3);
foreach(int a in MyNewArray){
Console.Write(a+" ");
}
Console.WriteLine();

Array.Resize(ref MyNewArray,7);
foreach(int b in MyNewArray) {
Console.Write(b+" ");
}
Console.ReadKey();
}
}
}
output:
3 2 6
3 2 6 0 0 0 0
Bu mavzudan sizga foydali nimadir o’rgata olgan bo’lsam xursandman. E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 88.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling