Sobirjonov O'tkirbek


Download 88.66 Kb.
bet10/11
Sana25.01.2023
Hajmi88.66 Kb.
#1121060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
dotnet

Eslatma: BinarySearch() metodi to’g’ri ishlashi uchun unga kiritilayotgan massiv o’sish tartibida tartiblangan bo’lishi shart !.
Binar qidiruvni sizga shuncha maqtadim, endi kodda ham ko’raylik:
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
int [] MyArray={0,4,3,2,6,1,8,9,11};
Array.Sort(MyArray); //massiv {0,1,2,3,4,6,8,9,11} ko'rinishida tartiblandi
Console.Write(Array.BinarySearch(MyArray,2)+" "); // 2 ga teng element indeksini qaytaradi

Console.Write(Array.BinarySearch(MyArray,10)+" "); /* 10 ga teng elementni qidiradi, agar yo'q bo'lsa manfiy qiymat qaytaradi */

Console.Write(Array.BinarySearch(MyArray,0,8,6)); /* 0-indeksdan boshlab 8 ta elementgacha bo'lgan oraliqda 6 ga teng bo'lgan elementni qidiradi */
Console.ReadKey();
}
}
}
output: 2 -9 5
Array.Clear()
Massivlarda ma’lumotlarni saqlash bilan birga ularni kerak paytda o’chira olish ham kerak. Agar siz butun bir massivni yoki uning bir qismidagi elementlarni birdaniga o’chirmoqchi bo’lsangiz, bunda sizga Array.Clear() metodi yordam beradi. Kiruvchi parametr sifatida massiv nomi, o’chirishni nechinchi indeksdan boshlashingiz va nechta elementni o’chirishingizni kiritishingiz kerak. Array.Clear() metodi bilan massiv elementlari o’chirilganda massivning o’lchami o’zgarmaydi, o’chirilgan elementlar 0 (string da null) ga teng bo’lib qoladi. Masalan:
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
int [] MyArray={0,4,3,2,6,1,8,9,11};
Array.Clear(MyArray,2,4); // 2-indeksdan boshlab 4 ta elementni o'chirish
foreach (int a in MyArray) {
Console.Write(a+" ");
}

Console.WriteLine();

Array.Clear(MyArray,0,9); // 0-indeksdan boshlab 9 ta elementni, ya'ni hammasini o'chirish
foreach (int b in MyArray) {
Console.Write(b+" ");
}
Console.ReadKey();
}
}
}
output:
0 4 0 0 0 0 8 9 11
0 0 0 0 0 0 0 0 0
Array.Reverse()
Bu funksiya massiv elementlarini teskari tartibda joylashtirib beradi. Masalan, {2,3,5} ko’rinishidagi massivni {5,3,2} ko’rinishiga o’tkazadi. Array.Reverse() ni ikki xil usulda ishlatish mumkin. Agar kiruvchi parametr sifatida faqat massiv nomi kiritilsa shu massivning barcha elementlarini teskari tartiblaydi. Yoki agar uchta parametr: massiv nomi, almashtirish boshlanadigan indeks, almashtiriladigan elementlar soni kiritilsa massivning shu qismidagina elementlarni qayta tartiblaydi.
Misol uchun:
using System;
namespace NewApplication
{
class Program
{
public static void Main(string[] args)
{
int [] tub_sonlar={2,3,5,7,11,13,17,19,23,29};

Array.Reverse(tub_sonlar);
foreach(int a in tub_sonlar){
Console.Write(a+" ");
}
Console.WriteLine();

Array.Reverse(tub_sonlar,2,5);
foreach(int b in tub_sonlar){
Console.Write(b+" ");
}

Console.ReadKey();
}
}
}
output:
29 23 19 17 13 11 7 5 3 2
29 23 7 11 13 17 19 5 3 2

Download 88.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling