Sodda gap turlari reja: Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari


IKKI BOSH BO‘LAKLI SODDA GAPLARNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNING QATNASHISHI-QATNASHMASLIGIGA KO‘RA TURLARI


Download 129.71 Kb.
bet4/5
Sana19.12.2022
Hajmi129.71 Kb.
#1033296
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-TAQDIMOT.Gaplarning tuzilish jihatdan turlari

IKKI BOSH BO‘LAKLI SODDA GAPLARNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARNING QATNASHISHI-QATNASHMASLIGIGA KO‘RA TURLARI
1. Yig‘iq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. (S.Karomatov).
2. Yoyiq gaplar. Ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan:
Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov).

YIG‘IQ GAPLARNING TURLARI

1.Sodda ega va sodda kesimdan iborat:

Tursunboy titrab ketdi. … Tishlari g'ichirladi.(S.Ahm.)

2. Sodda ega va murakkab kesimdan iborat:

Azizxon qahramon bo’ldi. (S.Ahm.)

3. Murakkab ega va sodda kesimdan iborat: Hali folbin xolam bolali ayolga dori berayotganida xaltasiga ko'zim tushdi.

4. Murakkab ega va murakkab kesimdan iborat:

Otalar so'zi — aqlning ko'zi.

5. Undalmali yig`iq sodda gaplar: - Hoshim, beriroq kel-chi, - dedi Otajon Azizovich

6. Kirish so`zli yig`iq sodda gaplar:

Yo'q, o'zim ketaman. (S.Ahm.)

7. Kirish birikmali yig`iq sodda gaplar:

YOYIQ GAPLARNING TURLARI

1. Sifatlovchi aniqlovchi + ega + kesim:

Bunaqa o'g'lim yo'q! (S.Ahm.)

2. Ega + to`ldiruvchi + kesim:

Bilim baxt keltirar.(Maqol)

3. Hol +ega + kesim: Tashqarida bo'ron guvillaydi.

4. Izohlovchi + ega + kesim: Dorug'a Mironshoh farmon qilmishlar.(O.Y.)

5. Qaratqich aniqlovchi + ega + kesim:

Ukamning beshigi g'ichirlaydi.(O`.H.)

6. Aniqlovchi + to`ldiruvchi + ega + hol + kesim:

Bu manzarani Tursunboy g'azab bilan kuzatib qoldi. (S.Ahm.)

Dorug'a – shahar posbonlari sardori, bosh mirshab.


SODDA GAPLARNING ZARUR BO’LAKLARNING IFODALANISHI YOKI IFODALANMASLIGIGA KO’RA TURLARI

Download 129.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling