Содда макрослар яратиш
Download 0.64 Mb.
|
2. намуна яратиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy tushunchalar
- MS Word muhitida hujjat namunasini yaratish
KirishHozirgi vaqtda EHMlar, shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishda ilmiy muassasalarda xizmat ko‘rsatish sohalarda keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Shunday sharoitda har bir kishidan kompyuter texnikasidan foydalanish va uni o‘z ish faoliyatida qo‘llay olishni talab qiladi. Keltirilgan mavzu ofis ilovalarida namuna yaratishni o‘rganishga qaratilgan. Bu yerda namunani har xil misollar bilan tushuntirishga harakat qilingan. Bajarilayotgan ishlar bo‘yicha pedagogik texnologiyalardan foydalanib joriy baholash ballari qayd qilib boriladi. Umumiy tushunchalarNamuna – maxsus fayl bo ‘lib, unga binoan hujjatlar yaratiladi. dot – namuna faylining kengaytmasi (MS Word 2007 da esa dotx va dotm), “document template” so‘zlaridan tashkil topgan. normal.dot – namuna fayli. “Обычный” namunasi - Word dasturining standart parametrlarini o‘zida saqlaydi. Word muhitida namuna yaratishni 3 xil usuli mavjud. Umumiy namuna Word ishlash jaroyinida faol bo‘ladi. MS Word muhitida hujjat namunasini yaratishNamuna – yaratilayotgan yangi hujjatning shakli. Namuna bevosita Word hujjatining asosini ta’minlab beradigan quyidagi har xil elementlardan tashkil topgan bo‘ladi: Hujjatdagi matn va grafik elementlarning format atributlarini belgilab beradi; Chop etiladigan betnig ko‘rsatkichlarini o‘zida saqlaydi; Matn xusnixatini belgilaydigan ro‘yxat (Style); Makroslarni o‘z ichiga oladi; Foydalanuvchining asboblar paneli, menyu elementlari va tugmalar kombinatsiyasi. Yaratilgan hujjatda ba’zi-bir elementlar, masalan, matn va xusnixat, bevosita namunadan hujjatga joylashtiriladi. Boshqalari esa, masalan, makroslar, namunada saqlanadi. Namuna hujjatga briktiriladi va u hujjatning elementlariga ta’sir etadi. Word muhitida yaratiladigan hujjat, masalan, Word ishga tushirilganda yoki “Создать” orqali, bevosita “Обычный” namunasi asosida yaratiladi. “Обычный” namunasi Word dasturining standart parametrlarini o‘zida saqlaydi. Foydalanuvchi tomonidan “Обычный” namunasiga kiritilgan elementlar va ularning parametrlari barcha hujjatlarda ishlatiladi. Namunaning o‘zi esa “Шаблоны” papkasida Normal.dot faylida saqlaniladi. Boshqa namunaga asoslangan hujjatni yaratish “Файл – Создать” menyu buyrug‘ni bajarganda kerakli namuna tanlaniladi. “Файл – Создать” menyu buyrug‘i bajarilganda quyidagi qo‘shimcha deraza ochiladi: Agar “Создать” menyu buyrug‘i bajarilganda unda biz yaratgan namuna chiqishini istasak, u holda namunani “Шаблоны“ papkasida saqlash kerak (papka “…\Program Files\Microsoft Office\Шаблоны” marshruti bo‘yicha joylashgan ). Bundan tashqari, “Сервис – Параметры” buyrug‘ining “Расположение” xatcho‘pida “Шаблоны пользователя” qismida zaruriy papkani ko‘rsatish mumkin. Word muhitida namuna yaratishni 3 xil usuli mavjud, ular bilan tanishib chiqamiz. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling