Содда макрослар яратиш


I-usul. Hujjatni o‘zgartirib, uni namuna sifatida saqlash


Download 0.64 Mb.
bet2/5
Sana26.09.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1688184
1   2   3   4   5
Bog'liq
2. намуна яратиш

I-usul. Hujjatni o‘zgartirib, uni namuna sifatida saqlash:

  1. Hujjatni ochamiz.

  2. Файл – Сохранить как” buyrug‘ini bajaramiz:

    1. Тип файла” maydonida “Шаблон документа” bandini tanlaymiz;

    2. Папка” maydonida namuna saqlaniladigan papkani ko‘rsatamiz;

    3. Имя файла” maydonida namuna saqlaniladigan faylga nom beramiz.

  3. Hujjat ochilganda paydo bo‘lishi zarur bo‘lgan matn va rasmlarni joylashtiramiz va keraksizlarini o‘chirib tashlaymiz.

  4. Hujjat betiga taaluqli parametrlar o‘zgartilsin.

  5. Hujjatni saqlab qo‘ying.

II-usul. Mavjud namunani yangilash va uni boshqa nom bilan saqlash:

  1. Файл – Создать” menyu buyrug‘ini bajaramiz

  2. Создать” tugmasini “Шаблон” deb oling

  3. “Создание документа” derazasidan namunani tanlang

  4. ОК tugmasini tanlang

  5. Zaruriy o‘zgartirishlarni kiriting.

  6. Namunani saqlab qo‘yamiz.

III-usul. Hujjat bilan ishlash jarayonida namunani yaratish:
Bu yerda hujjat yaratilganda uni namuna deb olsak, natijada har safar yangi hujjat yaratilganda biz kiritgan ma’lumotlar paydo bo‘ladi.
Namunani yaratish tartibi.
Tahlil  (1-bosqich)
Namunaga kiritmoqchi bo‘lgan hujjatlarni o‘rganib chiqing va quyidagi savollarga javob bering:

  • Siz ko‘rgan hujjatlarda o‘xshash qismlari bor-mi?

  • Hujjatlar qanday shakllantirilgan? Masalan, sarlavhaning shakli, jadvalgacha bo‘lgan interval va h.k.

  • Qaysi buyruqlar tez-tez qo‘llaniladi? Qaysi birlari umuman qo‘llanilmaydi?

Yaratish (2-bosqich)

  1. Файл – Создать” menyu buyrug‘ini bajaring.

  2. Создание документа” derazasida “Создать” tugmasini “Шаблон” deb oling.

  3. Barcha hujjatlarga kiritiladigan matn va rasmni kiriting.

  4. Maxsus maydonlarni kiriting, masalan, joriy sana, muallif manzili va h.k.

  5. Avtomatn elementini yarating, masalan, hujjatning boshlanishidagi so‘zlar yoki hujjat oxirida keltiriladigan manzillar.

  6. Formatlash elementlarini belgilab oling, masalan, qatorlar orasidagi masofalar, matnni ustunlarga ajratish, xusnixat parametrlari va h.k..

  7. Asboblar panelini sozlang.

  8. Namunani faylda saqlang.

Namunaga o‘zgartirishlar kiritish
Word namunasini har xil usullar orqali o‘zgartirish mumkin. Masalan, quyidagi qadamlar orqali:

  • Шрифт”, “Язык” yoki “Параметры страницы” buyruqlarida “По умолчанию” bandi tanlansa, u holda belgi atributlari hujjat namunasida saqlanadi.

Namunani o‘zgartirish uchun  “Организатор“ yordamidan foydalanish mumkin. U orqali namunada mavjud elementlarni o‘chirish yoki nusxalash mumkin bo‘ladi.
Yana bir usuli – namuna faylini Word muhitiga yuklab, uni fayl kabi qayta ishlash. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Файл – Открыть ” buyrug‘ini bajaramiz:

    1. Тип файла” maydonida “Шаблон документа” bandini tanlaymiz;

    2. Папка” maydonida namuna saqlaniladigan papkani ko‘rsatamiz;

  2. Hujjat kabi namunani qayta ishlang.

  3. Hujjatni saqlab qo‘ying.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling